Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qarshi hujum olib borish Ukraina uchun foydali emas. Buning o‘rniga strategik himoyaga o‘tish kerak. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: WSJ

Xabarga ko‘ra, frontdagi hozirgi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bu esa hech bir tomonning oldinga siljishiga imkon bermaydi. Ukrainaning asosiy resurslari Rossiyanikidan kamligi, shu sababli G‘arb qarshi hujumdan ko‘ra mudofaa foydaliroq degan xulosaga kelgani aytilmoqda.

Strategik mudofaaga o‘tish Ukrainaga “Rossiya hujumlarini qaytarish va unga ko‘proq zarar yetkazish” imkonini beradi. WSJ qurol-yarog‘ yetkazib berishning kechikishi Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatsizligi sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Hozir Ukraina frontdagi vaziyatni tubdan o‘zgartira oladigan qurolga ega emasligi ma’lum qilindi.

“Ukrainaning Rossiya kuchlariga qarshi jang maydonida tashabbusni qo‘lga olish imkoniyati cheklanganini hisobga olib, baʼzi tashqi kuzatuvchilar Kiyevning eng xavfsiz yo‘nalishi mudofaaga o‘tish va Rossiyani o‘z qo‘shinlari va texnikasini yutuqlarga erishish uchun sarflashga majburlash ekanini taʼkidlamoqda. Ukraina Avdeyevkada ma’lum darajada shunday yondashuvni qo‘lladi”, — deyiladi xabarda.

Nafaqat Ukraina, balki Rossiya armiyasi ham hujumda muammolarga duch kelayotgani aytilmoqda. Buni Avdeyevkadagi vaziyatda ko‘rish mumkin, u yerga Rossiya juda ko‘p qo‘shinlarni hujumga yuborgan, ammo hech qachon “muvaffaqiyatga” erishmagan.

Amerika dengiz tadqiqotlari markazi eksperti Dmitriy Gorenburgning ta’kidlashicha, mudofaaga o‘tish strategiyasi Ukrainaga xavfsizroq mavqe, o‘z kuchlari va zaxiralarini tiklash imkoniyatini beradi.

“Ukrainani himoya qilish optikasi ideal bo‘lmasligi mumkin, ammo uzoq urushda harbiy strategiya sifatida ruslarni o‘z resurslarini sarflashga, o‘zlarinikini esa tiklashga va keyinroq hujumga qaytishga majburlash mantiqiy bo‘lishi mumkin”, — dedi Gorenburg.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »