Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oq uy Kongressga 2023-yil oxirigacha Ukrainaga yordam berish uchun ajratiladigan resurslar tugashini ma’lum qilgandi. AQSHning sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Bolton qanday holatda yordam davom etishini aytdi. Bu haqda The Hill xabar berdi.



Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam immigratsiya islohoti bilan bog‘liq bo‘lib, respublikachilar talablarini qondiradi. Ukrainaga yordam “bir nechta boshqa variantlar” bilan bog‘liq bo‘ladi.

“Menimcha, respublikachilar tomonida hamma buni immigratsiya siyosatimizdagi qandaydir islohot bilan bog‘lashni xohlaydi... shunday ekan, bu amalga oshadi deb o‘ylayman”, — dedi u.

Bolton Kongressni Ukrainaga 61 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni taqdim etishga chaqirganini aytdi. U Oq uyning boshqaruv va byudjet bo‘yicha direktori Shalanda Yangning Ukrainaga yordam tugayotgani haqida bayonotini “ajiotaj” deb atadi.

“Menimcha, byudjet direktorining bayonotida biroz mubolag‘a bor, lekin jiddiy siyosat nuqtai nazaridan, Kongress bu borada harakat qilishi kerakligiga shubha yo‘q. Umid qilamanki, bu ular Rojdestvo uchun uyga qaytishlaridan oldin sodir bo‘ladi”, — dedi Jon Bolton.

Avvalroq AQSHning boshqaruv va byudjet byurosi direktori Kongressga Ukrainaga yordam ko‘rsatishda “pul va vaqt ham yo‘q”ligini ta’kidlagan edi. Kongress mablag‘ni ma’qullamasa, Kiyevga qurol yetkazib berish to‘xtashi mumkin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun (5-dekabr) harbiy yordam bo‘yicha AQSH senatorlariga murojaat qilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »