Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati Ukrainaga uzoq masofali GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) raketalarini yetkazib berishni kechiktirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

US Air Force

Agentlik manbalariga ko‘ra, bosh pudratchi Boeing raketalarni 2023-yil dekabr oyida AQSHga topshiradi, shundan so‘ng ular Ukrainaga jo‘natilishidan oldin bir necha oy sinovdan o‘tkaziladi. Pentagon vakilining aytishicha, AQSH raketalarni “muvaffaqiyatli tekshiruvlardan so‘ng” 2024 yil boshida Kiyevga topshirishni kutmoqda.

Boeing 2022-yilning kuzida AQSHga GLSDB raketalarini sotib olib, Ukrainaga jo‘natishni taklif qilgandi. Eng optimistik prognozga ko‘ra, yetkazib berish 2023-yilning bahoriga rejalashtirilgan. Fevral oyida Politico raketalarni topshirish “2023-yil oxirida” kutilayotgani haqida xabar berdi.

GLSDB raketalari Boeing va Saab Group kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Raketa uchish masofasi 150 kilometrni tashkil qiladi. GLSDB raketalari Ukraina armiyasida xizmat qilayotgan HIMARS qurilmalaridan ham uchirilishi mumkin.

2023-yilning mart oyidan beri Rossiya Mudofaa vazirligi GLSDB raketalarini kamida to‘rt marta, oxirgi safar 26-oktyabrda tutib olgani haqida xabar berdi. Reuters manbalari esa Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga hali birorta ham “aqlli bomba” yetkazib bermaganini ta’kidlaydi. Ukraina bu qurollarni boshqa davlatlardan olganmi yoki yo‘qligi noma’lum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »