Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan armiyasi AQSH bilan qiruvchi raketalar va snaryadlarni yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 26,69 milliard Yangi Tayvan dollari (taxminan 853,8 million AQSH dollari) bo‘lgan ikkita shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

17,22 milliard Yangi Tayvan dollari (taxminan 550,9 million AQSH dollari) qiymatidagi shartnomalarning birinchisi 13-noyabr kuni imzolangan bo‘lib, u havo-havo va havo-yer raketalarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Ular 2032-yilgacha yetkazib berilishi kerak.

Foto: Reuters

Ushbu raketalar qanday jangovar samolyot turi uchun mo‘ljallangani hujjatlarda ko‘rsatilmagan.

Taytung okrugi qurollarni jo‘natish joyi sifatida belgilangan: Tayvan harbiy-havo kuchlarining 7-qiruvchi qanotining Chjihang aviabazasi — Tayvan tomonidan AQSHdan buyurtma qilingan 66 ta F-16V Blok 70 qiruvchilarining kelajakdagi joylashuvi manzili sifatida belgilangan.

“Yuqori portlovchi va boshqa raketalarni” sotib olish bo‘yicha ikkinchi shartnoma 17-noyabr kuni imzolangan. Uning miqdori 9,47 milliard Yangi Tayvan dollarini (taxminan 302,95 million AQSH dollari) tashkil etadi. Tzuyu Shibao gazetasi qurolli kuchlardagi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, gap Tayvanning CM-34 piyoda askarlarining jangovar mashinalari uchun 30 mm kalibrli avtomatlar uchun ko‘p maqsadli va o‘quv snaryadlari haqida ketmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »