Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan hukumati orolda yaratilgan birinchi suvosti kemasini Gaosyun portida namoyish qildi, deb xabar bermoqda Associated Press. Prezident Say Inven marosimda kemaning sinovdan o‘tkazilishiga start berdi.

Foto: AP Photo

Orol prezidenti kemaning yaratilishi Tayvan xalqining o‘z orolini himoya qilishga bo‘lgan qat’iyatini aks ettirishini ta’kidladi.

Suvosti kemasida Amerikaning Lockheed Martin Corp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan jangovar tizimlar va AQSHda ishlab chiqarilgan Mark 48 torpedalari mavjud. Suvosti kemasini loyihalash va qurish uchun yetti yil vaqt ketdi, oktabr oyidan boshlab u port va okeanda sinovdan o‘tkaziladi.

Foto: AP Photo

Yangi suvosti kemasi 1980-yillarda Niderlandiyadan sotib olingan boshqa ikkita suvosti kemasi safida 2025-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Taypey 2027-yilgacha o‘zi ishlab chiqargan kamida ikkita suvosti kemasini Qurolli kuchlarga joylashtirmoqchi va keyingi modellarni raketalar bilan jihozlamoqchi.

Tayvan harbiylari orol sharqidagi portlar va Tinch okeani o‘rtasidagi aloqani ta’minlashda suvosti kemalarining alohida rolini qayd etdi.

Tayvanni o‘z hududi deb biladigan Xitoy so‘nggi yillarda orol hukumatining siyosiy faolligiga keskin norozilik bildirib, Tayvan tomon yuborilayotgan harbiy samolyotlar sonini oshirdi. O‘tgan yili Pekin orol yaqinidagi suvlarga dengiz kemalari va dronlarini jo‘natishni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »