Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayvan Qurolli kuchlari bir sutkada Xitoy armiyasining 103 ta samolyoti orolga yaqinlashayotganini qayd etdi, bu yangi rekord. Bu haqda Tayvan Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: “TASS”
“17-sentabrdan 18-sentabrgacha Tayvan atrofida Xitoy xalq ozodlik armiyasining 103 ta samolyoti va 9 ta kemasi aniqlandi. Samolyotlardan 40 tasi Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tgan yoki Tayvanning janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy havo hujumidan mudofaa zonalariga kirgan”, — deyiladi xabarda.

Harbiy vazirlik Tayvan Qurolli kuchlari Xitoy armiyasining harakatini kuzatib turgani, samolyotlar va harbiy kemalar shay holatga keltirilganini ta’kidladi.

“XXO armiyasining davom etayotgan harbiy harakatlari keskinlikning kuchayishiga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikning yomonlashishiga olib kelishi mumkin, biz Pekinni mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va bir tomonlama buzg‘unchi harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiramiz”, — deb ta’kidladi Tayvan Mudofaa vazirligi.

O‘tgan yili yozda AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurganidan beri Xitoy qo‘shinlari orolga muntazam yaqinlashmoqda. Xitoy tomoni Tayvanni o‘z hududi deb biladi, shu sababdan boshqa davlatlar rasmiylarining tashrifini orol mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash sifatida baholaydi.

19-avgust kuni Xitoy harbiylari “separatistlar va xorijiy kuchlar” o‘rtasidagi “til biriktirishdan qattiq ogohlantirish” sifatida Tayvan atrofida mashg‘ulotlar boshladi. Bunga orol prezidentligiga nomzod, vitse-prezident Lay Sindening Paragvayga safari chog‘ida qilgan bayonoti, so‘ng tranzitda AQSHga to‘xtab o‘tgani sabab bo‘ldi.

“Tayvan allaqachon Xitoy respublikasi deb nomlangan suveren, mustaqil davlat. U Xitoy xalq respublikasi tarkibiga kirmaydi. Xitoy respublikasi va Xitoy xalq respublikasi bir-biriga bo‘ysunmaydi. Mustaqillik e’lon qilishning hojati yo‘q”, — degan Lay.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »