Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik tarafdori va Tayvan orolining mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashdan bosh tortmaydi, dedi Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi brifingda.

“Prezident Bayden Si Szinpinga biz Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik bo‘lishini istashimizni ochiq aytdi”, — dedi Kirbi. Shuningdek, u AQSH “yagona Xitoy siyosatiga sodiqligi va Tayvanning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligi”ni qo‘shimcha qildi.

Foto: AP

“Ammo Tayvan bilan munosabatlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, biz Tayvanga qurol yetkazib berishda davom etamiz”, — dedi Kirbi.

AQSHning orolga qurol yetkazib berishiga Pekin keskin norozilik bildirmoqda. AQSH prezidenti bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpin Tayvan muammosi AQSH-Xitoy munosabatlaridagi eng katta xavf ekanligini aytdi.

Shuningdek, Xitoy rahbari mamlakat Tayvan bilan tinch yo‘l bilan birlashish maqsadini ko‘zlayotganini, biroq kerak bo‘lsa, kuch ishlatishni ham istisno qilmasligini taʼkidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »