Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning Tayvan tufayli keskinlashishi va Pekinning Vashington bilan mojaroning oldini olish uchun aloqa qilishdan bosh tortishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Bu haqida Washington Post yozdi.

“Xitoyning Tayvan atrofida tobora kuchayib borayotgan tajovuzkor harakatlari, shuningdek, mojaroning oldini olish uchun mo‘ljallangan kanallar orqali AQSH harbiylari bilan gaplashishdan bosh tortishi Qo‘shma Shtatlar dunyodagi uchinchi yirik urushga tortilishi mumkinligi haqidagi xavotirni kuchaytirmoqda”, — deyiladi maqolada.

Foto: Reuters

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu aloqa kanallarini tiklashda Xitoy rahbarining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti davomida AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi muhim o‘rin egallaydi.

Avvalroq Xitoy TIV Si Szinpin 14—17-noyabr kunlari AQSHga tashrif buyurishi, u yerda OTOIH sammitida ishtirok etishi, shuningdek, Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.

“Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar Xitoy bilan ‘savdo urushi’ boshlagan prezident Donald Tramp ma’muriyati davridayoq yomonlashgandi. Jo Bayden kelishi bilan ushbu vaziyat yaxshilanmadi”, — deb yozdi Washington Post.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »