Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari AQSHdan Kiyevga F-18 qiruvchi samolyotlari, Apache va Blackhawk vertolyotlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari hamda dronlar yetkazib berishni so‘radi, deb xabar bermoqda Reuters nashr ko‘rib chiqqan hujjatlarga tayanib.

F-18 qiruvchi samolyoti
Foto: U.S Navy

Agentlik xabariga ko‘ra, Ukraina AQSHdan so‘ragan qurollar ro‘yxati AQSH poytaxtida hukumat vakillari va mudofaa sanoati rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishda taqdim etilgan.

Ro‘yxatda Ukrainada mavjud bo‘lgan qurollar, jumladan Abrams tanklari, 155 millimetrli artilleriya, F-16 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, ilgari so‘ralgan uzoq masofali ATACMS raketalari ham bor, deb ta’kidlaydi Reuters.

Bundan tashqari, Ukraina so‘roviga General Atomics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, jumladan MQ-9B Sky Guardian uchuvchisiz uchoqlari, shuningdek, Lockheed kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Terminal High Altitude Area Defense (THAAD) havo mudofaa tizimlari kiradi.

Bugun, 7-dekabr kuni ertalab AQSH Senati Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Respublikachilar yordam paketi Meksika bilan chegarada immigratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlarni o‘z ichiga olishi kerak, deya turib olishgan.

6-dekabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressni zudlik bilan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni maʼqullashga va partiyalararo kelishmovchiliklarni chetga surib qo‘yishga chaqirdi. Uning fikricha, agar Rossiya Ukrainani mag‘lub etsa, NATO davlatlariga hujumga o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »