Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina G‘arb davlatlaridan Rossiyaning Su-35 samolyotlaridan kam bo‘lmagan yangi modifikatsiyadagi qiruvchilarni olmoqchi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignat ma’lum qildi.

Foto: “TASS”
“Bizning havodagi asosiy raqobatchimiz Su-35. Hamkorlarimizdan olmoqchi bo‘lgan samolyot taktik-texnik xususiyatlari va qurollanishi jihatidan undan kam bo‘lmasligi kerak”, — dedi Ignat.

Uning tushuntirishicha, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari va yaqinda Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Gripen shved qiruvchilari modifikatsiyasiga qarab har xil xususiyatlarga ega.

“Har xil Gripen’lar, har xil F-16 lar bor. Albatta, biz eskilarini emas, balki rus samolyotlariga qarshi teng sharoitlarda kurashish imkonini beradigan yaxshi modifikatsiyalarni olishni istardik”, — dedi Ukraina harbiy-havo kuchlari vakili.

Ma’lumot uchun Su-35 (NATO kodifikatsiyasiga ko‘ra: Flanker-E+) 4++ avlodidagi ko‘p funksiyali rus qiruvchisi. Samolyot 2011-yildan beri Y.A. Gagarin nomidagi Komsomolsk-na-Amur aviatsiya zavodida ommaviy ishlab chiqarilmoqda. 2017-yilda Qurolli kuchlar xizmatiga qabul qilingan.

Qiruvchi samolyot “AL-41F1S” turboreaktiv dvigateli bilan jihozlangan va 2500 km/soat tezlikka chiqa oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »