Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiy uchuvchilari oktabr oyida Arizonadagi Morris aviabazasida AQSHning F-16 qiruvchi samolyotlarida uchish dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Sentabr oyida uchuvchilarga ingliz tili o‘qitilganidan so‘ng, oktabr oyida Arizona shtatining Tukson shahridagi Morris havo milliy gvardiya bazasida 162-milliy havo gvardiyasi qanoti ko‘magida F-16 uchuvchilarini tayyorlash boshlanadi”, — dedi Rayder matbuot brifingida.

AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi mamlakatga keladigan uchuvchilar sonini oshkor qilmadi, biroq guruh tarkibida “bir nechta uchuvchilar va o‘nlab xizmatchilar” bo‘lishini aytib o‘tdi.

Avgust boshida The Washington Post ukrainalik uchuvchilar uchun olti oylik trening 2024-yilning yanvariga qadar boshlanmasligini, chunki ular avval Buyuk Britaniyada to‘rt oylik ingliz tili kurslarini o‘tashi zarurligini yozgandi. 24-avgust kuni manbalarning CNN telekanaliga aytishicha, ukrainalik uchuvchilar ingliz tili kurslarini AQSHda o‘qiydi, shundan so‘ng ular F-16 samolyotlari bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Mart oyida ikki ukrainalik uchuvchi Devis-Montxan havo kuchlari bazasiga olib kelingandi, maqsad — ular F-16 da uchishni qanchalik tez o‘rganishi mumkinligini ko‘rish bo‘lgan. Sinovda ukrainalik uchuvchilar bir nechta sohalarda o‘rtachadan yuqori qobiliyatni namoyish etgan.

Shu hafta boshida Niderlandiya va Daniya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini ukrainalik uchuvchilar mashg‘ulotlarni tugatgandan so‘ng topshirishini ma’lum qildi. Niderlandiya 42 ta, Daniya 19 ta qiruvchini topshiradi. Daniya Mudofaa vazirligi uchuvchilar avgust oyi oxirida mashg‘ulotlarga kirishishini aytdi. Norvegiya ham samolyotlarni va’da qilgan, ammo qancha va qachon topshirishi noma’lum.

Iyul oyida AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Ukraina Qurolli kuchlari 2023-yil oxirigacha F-16 qiruvchi samolyotlarini olishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »