Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariya prezidenti Rumen Radev Ichki ishlar vazirligining zirhli texnikasini Ukrainaga topshirish bo‘yicha kelishuvga veto qo‘ydi. Tashabbus 22-noyabr kuni parlament tomonidan ma’qullangan edi. Biroq Radev ushbu texnikalar bolgar chegarachilari va qutqaruvchilarining o‘ziga kerak, degan fikrda.

Foto: “Kommersant”
“Ukrainaga berilayotgan zirhli, butun yerusti transport texnikasi Bolgariya chegarasini himoya qilish hamda tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar paytida aholiga yordam ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin. Bolgariya fuqarolarining hayoti va salomatligi asosiy ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”, — dedi Radev.

U kelishuvni qayta ko‘rib chiqish uchun parlamentga qaytardi. Bolgariya bosh vaziri Nikolay Denkov parlamentdagi ko‘pchilik prezident tomonidan qo‘yilgan vetoni rad etishiga ishonmoqda, deb xabar berdi Bolgariya milliy televideniyesi.

Bitim Ukrainaga Bolgariya Ichki ishlar vazirligi foydalanmayotgan qurolli zirhli transport texnikasini berishni nazarda tutadi. Texnikalar taxminan 40 yil oldin ishlab chiqarilgan va Bolgariya Ichki ishlar vazirligi omborlarida saqlanadi.

Kiyev 100 ga yaqin bronetransportyor va ular uchun ehtiyot qismlar olishi kutilgan edi.

Sentyabr oxirida Bolgariya parlamenti Ukrainaga nosoz S-300 raketalarini yetkazib berishni ham ma’qullagandi. Rasmiylarning tushuntirishicha, Bolgariya nosozlikni bartaraf etish imkoniyatlariga ega emas, agar ular Ukrainaga topshirilsa, Kiyev bu raketalarni tuzatishi mumkin. Bolgariya mudofaa vaziri Todor Tagarevning aniqlik kiritishicha, Ukrainaga faqat raketalar yuboriladi, to‘liq S-300 tizimlari emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »