Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Argentinaning yangi prezidenti Xavyer Miley vazirlar mahkamasida qasamyod qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Reuters

Marosimning rasmiy translyatsiyasi bo‘lmadi, jurnalistlarning ham ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Marosim oldidan vazirliklar soni 19 tadan 9 taga qisqartirildi va bu prezidentning birinchi farmoni bo‘ldi. 

Miley hukumat rahbari sifatida Nikolas Posseni tanladi. Avval davlat xizmatida ishlamagan Diana Mondino tashqi ishlar vaziri bo‘ldi. Iqtisodiyot vazirligini sobiq prezident Maurisio Makri davrida moliya vaziri va Markaziy bank raisi lavozimlarida ishlagan Luis Kaputo boshqaradi.

Prezidentlikka sobiq nomzod Patrisiya Bullrich xavfsizlik kotibi bo‘ldi. U allaqachon bu lavozimni Makri hukumatida egallagandi. Ta’lim, ijtimoiy rivojlanish va mehnat vazirliklari o‘rniga Sandra Pettovelyo boshchiligidagi Inson kapitali vazirligi tashkil etildi. Mariano Kuneo Libarona adliya vaziri, Gilermo Ferrero infratuzilma vaziri, Mario Russo sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligini Gilermo Frankos boshqaradi.

Yangi davlat rahbarining singlisi Karina Miley ham prezident devoni bosh kotibi sifatida qasamyod qildi. 2018-yilda Argentinada qarindoshlarini davlat lavozimlariga tayinlashni taqiqlovchi farmon chiqarilganiga qaramay, u bu lavozimni egalladi.

Ilgari Argentina hukumati tarkibida transport, jamoat ishlari, fan, uy-joy qurilishi, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi, ayollar ishlari vazirliklari ham mavjud edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »