Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab Ai-80 va Ai-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yonilg‘i talab qiladigan palla — qish mavsumida yonilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yonilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Saneg kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Latipov Habib benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yonilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini bildirgan.

“Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi”, — deydi Latipov.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” departamenti boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonda benzinga talabning keskin oshishi inobatga olinib, qator choralar ko‘rilganini aytgandi. Ma’lumot uchun, hozirda mamlakatda 2,5 mingta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyat olib boradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »