Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Amur viloyatida qiyin ahvolga tushib qolgan S.T. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari tomonidan Amur viloyatida tashkil etilgan konsullik sayyor qabuli davomida ushbu viloyatning Blagoveshensk shahrida vaqtincha bo‘lib turgan 39 yoshli S.T. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgani sababli O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

O‘rganishlar natijasida, ushbu fuqaro 2018-yil oktyabr oyidan beri Rossiyaning Amur viloyatida vaqtincha ishlayotgani maʼlum bo‘lgan. S.T.ning turmush o‘rtog‘i 2023-yil oktyabr oyida Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli o‘rnatilgan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Ushbu vajlar inobatga olinib, O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan fuqaroga ko‘mak ko‘rsatishga qaror qilingan. “Mehr” loyihasi fondi mablag‘lari hisobidan S.T. va uning ikki nafar farzandiga O‘zbekistonga qaytishi uchun 3 ta aviachipta sotib olib berilgan. Bugungi kunda ular sog‘-salomat yaqinlari bag‘riga qaytgan.

  • Bundan oldin Rossiyaga ishlash uchun borib, vafot etgan ayolning 9 yoshli qizi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
  • Misrda avtohalokatga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgan
  • Rossiyada eri qamalib, chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »