Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqarida dekabr, o‘tayotgan yil sarhisobini qilishning ayni vaqti. Bugun biz mashhurlarning yorqin va uzoq kutilgan to‘ylari haqida ma’lumot beramiz.

Adel va Rich Pol

2023-yil noyabr oyida Adel turmushga chiqqanini e’lon qildi. Britaniyalik qo‘shiqchi Alan Karrning mualliflik shousida bu xushxabarni muxlislari bilan bo‘lishdi. Mashhurning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i biznesmen va basketbolchi Lebron Jeymsning agenti Rich Pol edi.

 
 
Foto: Vogue
Foto: Vogue

Barbara Palvin va Dilan Sprous

Yozda juftlik munosabatlarini rasman qonuniylashtirdi. Dilan va Barbara ikkita to‘y o‘tkazishga qaror qildi. Birinchisini Vengriyada oila va do‘stlar davrasida, ikkinchisi Amerikada bo‘lib o‘tdi.

Foto: Vogue
Foto: Vogue

Rita Ora va Tayka Vaytiti

Aslida Rita Ora va Tayka Vaytitining to‘yi o‘tgan yozda bo‘lgan. Biroq yulduzlar shu yilning boshida muxlislar bilan xushxabarni baham ko‘rishga qaror qildi. Juftlikning yashirin to‘yi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan. To‘yga faqat sakkizta mehmon taklif qilingan, hatto ularning ota-onalari to‘yni Zoom orqali tomosha qilgan.

Foto: Vogue
Foto: Vogue

Mishel Yeo va Jan Todt

Mishel Yeo sevgilisi Jan Todt bilan 2004-yilda tanishgan. Ularning o‘rtasida darhol his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Bir yarim oy ichida Todt aktrisaga turmush qurishni taklif qiladi. Aktrisa taklifga rozi bo‘ladi. Biroq, juftlikning to‘yga tayyorgarlik ko‘rishga vaqti yo‘q edi — shuning uchun 19 yil o‘tibgina ular rasmiy ravishda to‘y qildi. Mishel va Jan Jenevada qarindoshlarini yig‘ib, kichik kechki ziyofat uyushtirdi.

 
Foto: Vogue
Foto: Vogue

Anya Teylor-Joy va Malkolm Makrey

Anya Teylor-Joy va musiqachi Malkolm Makrey Venetsiyada qadimiy Palazzo Pisani Morettada turmush qurdi. Mehmonlar orasida Nikolas Holt, Kara Delevin, Juliya Garner va Maylz Teller bor edi. Aytgancha, yoshlar “Qirolicha yurishi” serialida tanishgan. Ular uchrashganidan ikki kun o‘tgach, Malkolm Anya uchun qo‘shiq yozadi va muhabbati bilan yulduz qalbini zabt etadi.

Foto: Vogue

Teylor Xill va Deniel Frayer

Teylor Xill va uning turmush o‘rtog‘i Deniel Frayer to‘ylariga mas’uliyat bilan yondashdi. Ular unashtiruvdan so‘ng darhol to‘y 2023-yil yozida bo‘lishini e’lon qilishdi. Marosim joyi va qanday o‘tishi ham tezlikda kelishib olindi.

Foto: Vogue
Foto: Vogue
Foto: Vogue

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »