Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har yili taniqli rejissorlar har xil biografik filmlar bilan tomoshabinlarni xursand qilishadi. Ularning aksariyati sensatsiya yaratadi, chunki bosh rollarni odatda juda iste’dodli aktyorlar ijro etadi. Ular nafaqat kerakli obrazni sinchkovlik bilan ijro etadi, balki ularning ba’zilarini haqiqiy prototiplardan ajratish ham qiyin bo‘ladi.

Ell Fenning — Yekaterina II (“Buyuk”)

 
 
Foto: AdMe

“Buyuk” filmining premyerasi 2020-yilda bo‘lib o‘tdi. Garchi sujet tarixiy jihatdan to‘g‘ri deb da’vo qilinmasa ham serial juda mashhur bo‘lib, uch fasl davom etdi.

Bosh rolni 22 yoshli Ell Fenning ijro etgan. Ijrosi uchun aktrisa nufuzli mukofot va ikkita “Oltin globus” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. “Ushbu rolni o‘ynab, o‘zimning yangi qirralarimni kashf etdim. Men butun suratga olish guruhi bilan faxrlanaman”, — deydi Ell.

Entoni Hopkins — Zigmund Freyd (“Freydning so‘nggi seansi”)

Foto: AdMe

Dekabr oyida “Freydning so‘nggi seansi” filmi namoyish etiladi, unda “Narniya yilnomalari” turkum hikoyalari muallifi Klayv Staples Lyuis va Zigmund Freyd o‘rtasidagi xayoliy uchrashuv haqida so‘z boradi. Mashhur psixolog rolini Gollivud aktyori Entoni Hopkins ijro etgan. Rejissorning aytishicha, Entoni o‘zining hayotiy tajribasiga tayangan va o‘z xarakteriga ko‘plab shaxsiy sifatlarni qo‘shgan.

Killian Myorfi — Robert Oppengeymer (“Oppengeymer”)

Foto: AdMe

Biografik trillerda Killian yadro bo‘yicha fizik olim rolini o‘ynaydi. Aktyor ssenariyni qo‘lga kiritishi bilan uni bir nafasda o‘qib, undan mamnun bo‘ladi. Myorfi va rejissor personaji ustida ko‘p ishlaydi, eng mayda detallarni o‘ylab ko‘radi. Natijada tomoshabinlar Killianning ijrosini yuqori baholadi va bu rolni uning faoliyatidagi eng yaxshisi deb atashdi.

Maryam Uzerli — Xurram sulton (“Muhtasham yuz yil”)

Foto: AdMe

Maryam bu rolni hayotidagi qiyin davrda ijro etdi. O‘sha paytda u sevgan insoni bilan olti yillik munosabatlarini uzgan, ishsiz va kvartirasi uchun ijara haqini to‘lashga puli yo‘q edi.

Aktrisa qaysar sulton xonim roliga puxta tayyorgarlik ko‘rgan va tarixga oid kitoblarni o‘qigan. Ammo oxirida u qahramonga o‘zining ham xususiyatlarini berishga qaror qiladi. Maryam tanqidchilar olqishiga va ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Tomoshabinlar esa uning ijrosini dadil va samimiy deb atashdi.

Meg Bellami — Keyt Middlton (“Toj”)

Foto: AdMe

“Toj”ning so‘nggi mavsumida nihoyat yosh Keyt Middlton ishtirok etadi. Tomoshabinlar talaba qiz va Uels shahzodasi o‘rtasidagi munosabatlarning boshlanishini ko‘rishadi.

Keyt rolini 19 yoshli Meg Bellami ijro etgan. Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bo‘lajak Uels malikasi rolini o‘ynashini emotsional ravishda e’lon qiladi: “Iltimos, meni chimchilab qo‘ying. Ajoyib aktyorlar va ijodiy guruhga qo‘shilish men uchun sharaf. Men Keytni munosib o‘ynashga harakat qilaman”.

Taron Ejerton — Henk Rojers (“Tetris”)

Foto: AdMe

2023-yilda suratga olingan biografik triller — “Tetris” filmi huquqlarini sotib olmoqchi bo‘lgan video o‘yinlar kompaniyasi xodimi Henk Rojers haqida hikoya qiladi.

Bosh rolni Taron Ejerton ijro etgan. Tanqidchilar bu rolni uning faoliyatidagi eng yaxshisi deb bilishadi. Henkning o‘zi esa filmni tomosha qilayotganda shunchalik ta’sirlanganini, bir necha bor ko‘z yoshlarini ushlab turolmaganini tan oladi.

Elizabet Debiki — Malika Diana (“Toj”)

Foto: AdMe

“Toj” filmining 5 va 6-fasllarida malika Diana rolini Elizabet Debiki ijro etgan. Intervyuda aktrisa o‘z fikrlarini ochiqchasiga o‘rtoqlashadi: “Men Diananing o‘g‘illariga bo‘lgan barcha quvonch va mehrini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldim”.

Tarmoq foydalanuvchilari ham 33 yoshli aktrisaning ijrosi haqida ijobiy fikrda. Bir qiz Elizabet hammaning sevimli malikasini beg‘ubor tasvirlaganini yozgan.

Mayvenn — Janna (“Janna Dyubarri”)

Foto: AdMe

Mayvenn Le Besko, ya’ni oddiygina Mayvenn nomi bilan mashhur bo‘lib, nafaqat filmga rejissorlik qilgan, balki unda bosh rol — qirol Lyudovik XV ning ma’shuqasi rolini ham ijro etgan. Yulduzning aytishicha, u o‘sha davrni sevib qolgan.

U film ssenariysini uch yil davomida yozgan, ma’lumot to‘plagan. Natijada Mayvenn o‘z qahramoni bilan juda ko‘p o‘xshashliklarni topadi: bir xil temperament, hayotga chanqoqlik, qiziquvchanlik, hatto unikiga o‘xshash komplekslarni ham.

Keyli Speni — Pristsilla Presli (“Pristsilla: Elvis va men”)

Foto: AdMe

Elvis Presli haqidagi shov-shuvli biografik filmdan so‘ng, uning rafiqasi Pristsilla Presli xotiralariga asoslangan Sofiya Koppolaning dramasi chiqdi. Bosh rolni 25 yoshli Keyli Speni ijro etgan. Suratga olishdan oldin aktrisa Pristsilla bilan shaxsan telefonda gaplashgan va unga savollar bergan. Keyinchalik tayyor filmni ko‘rgandan so‘ng u Kaylini maqtagan ham.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »