Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mushuk ayol, o‘rgimchak odam yoki Villi Vonka haqida gap ketganda qaysi kino yulduzini tasavvur qilasiz? Bugun xuddi shu obrazlarni o‘ynagan mashhur aktyorlarni eslaymiz.

Furiosa

Sharliz Teron 2015-yilda jasur Furiosa obrazida ko‘rinish berdi. O‘shandan buyon “Telba Maks” franshizasining bir nechta qismi chiqdi va tez orada jangchi haqidagi ajoyib prikvelni ham ko‘rishimiz mumkin. Unda jasur qahramon rolini Anya Teylor-Joy ijro etgan. Aytgancha, u hamkasbi bilan personaj ijrosi haqida umuman maslahatlashmagan.

 
 
Sharliz Teron
 
Anya Teylor-Joy

Mushuk ayol

Jasur va jozibali mushuk ayol sifatida tanilgan Selina Kayl 1940-yilda DC Comics uchun Bill Finger va Bob Keyn tomonidan yaratilgan. O‘shandan beri 83 yil o‘tdi va tor kostyumdagi qiz hali ham eng taniqli qahramonlardan biri. Yillar davomida u ekranda Juli Nyumar, Li Merivezer, Mishel Pfayffer, Xelli Berri, Enn Xeteuey va Zoi Kravits tomonidan gavdalantirilgan.

 
Juli Nyumar
 
Li Merivezer
 
Mishel Pfayffer
 
Mishel Pfayffer
 
Enn Xeteuey
 
Zoi Kravits

Villi Vonka

Shokolad fabrikasining sirli egasi obrazini birinchi bo‘lib sinab ko‘rgan aktyor Jin Uaylder edi. Ko‘p o‘tmay, Tim Byorton ertakning filmga moslashuvini suratga oldi va Vonka roli uning sevimli aktyori Jonni Deppga nasib qildi. Yaqinda Warner Bros. qandolatchi haqidagi filmni qayta ekranlashtirishga qaror qildi va filmda Timoti Shalame bosh kino yulduziga aylandi.

 
Jin Uaylder
 
Jonni Depp
 
Timoti Shalame 

O‘rgimchak odam

O‘rgimchak odam bu yil 61 yoshga to‘ladi. Bu vaqt davomida personajni boshqa aktyorlar ham ijro etgani ajablanarli emas. Ular ichida eng mashhur Piter Parkerlar — Tom Holland, Endryu Garfild va Tobi Maguayr.

 
Tobi Maguayr
 
Endryu Garfild
 
Tom Holland

Uenzdey

Ko‘pchilik mashhur Uenzdey sifatida Kristina Richchi va Jenna Ortegani biladi. Biroq ro‘yxat shu bilan tugamaydi. 1998-yilda Mortisha va Gomerning qizi rolini Nikol Fujeyr o‘ynadi, Netflix prikvelida esa 10 yoshli Karina Varadi o‘ynagan yosh Uenzdey ham paydo bo‘ldi.

 
Kristina Richchi
 
Nikol Fujeyr 
 
Karina Varadi 
 
Jenna Ortega

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »