Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangiliklarni kuzatishdan charchagan ko‘plab tomoshabinlar “Karib dengizi”ning makkor qaroqchisi va “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”gi shlyapachining karyerasi haqida biladi. Shu sababdan ham aktyor faoliyatiga to‘xtalmay, Jonni Depp ishtirokidagi yangi filmlar haqida ma’lumot beramiz.

“Janna Dyubarri”

 
 
Foto: Filmdan kadr

Fransiya, XVIII asr. Badavlat homiy tufayli oddiy qiz Janna Vobernye ta’lim olishga muvaffaq bo‘ladi. Maftunkor qiz kurtizanka (boy va nufuzli mijozlari bo‘lgan fohisha)ga aylanadi va jamiyatning yuqori qatlamiga kirishga harakat qiladi. Ulg‘aygan Janna (Mayvenn) Fransiyadagi eng nufuzli odamlar bilan uchrashishni boshlaydi. Qizning doimiy mijozlaridan biri bo‘lgan graf Gilyom Dyubarri (Melvill Pupo) u orqali mo‘maygina pul ishlashga va uni ko‘ngilxushlik qilishni yaxshi ko‘radigan qirol Lyudovik XV (Depp) bilan tanishtirishga qaror qiladi. Monarx bir zumda Jannaga maftun bo‘ladi va o‘ziga ma’shuqa qilib oladi. Ammo Versal ahlining hammasi ham mamlakat hukmdori yonida fohishani ko‘rishdan mamnun bo‘lmaydi.

Tarixiy melodrama budjeti 22 million dollarni tashkil etdi. Filmni tomosha qilishning yana bir sababi — Jonni Deppning qiziqarli roli. Sobiq xotini Ember Xyordni sudda yutib chiqqan amerikalik aktyor yana kinoga qaytdi. Shuni ta’kidlash kerakki, Deppni fransuz qiroli rolida ko‘rish judayam g‘ayrioddiy. Ammo aktyor monarx obraziga ham kapitan Jek Chittak hiyla-nayranglarini kirita oldi. Lyudovik XV kundalik marosimlardan cheksiz charchagan, qizlariga bee’tibor bo‘lib qolgan va umuman depressiyaga yaqin holatda edi. Janna bilan tanishuv esa monarx dunyosini darhol yangi ranglarga boyitadi. Depp esa bu o‘zgarishni mahorat bilan ko‘rsata olgan.

“G‘aroyib maxluqlar: Grindevald jinoyatlari”

Foto: Filmdan kadr

AQSHdan Angliyaga qaytgan Nyut Salamander (Eddi Redmeyn) bemalol sayohat qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. Grindevald (Jonni Depp) bilan yaqinlashib kelayotgan urush sharoitida Sehrgarlik vazirligi betaraflikka toqat qilmaydi: har bir sehrgar bir tomonni tanlashi kerak. Albus Dambldor (Jud Lou) Nyutdan yashirincha Krindens (Ezra Miller)ni topishni so‘raydi — uning taqdirida kelajakdagi qarama-qarshilikning mumkin bo‘lgan natijasini ko‘radi. Ko‘pgina qahramonlar Parijda bo‘ladi, u yerda har kuni sehrli dunyo va butun insoniyat taqdiri hal qilinadi.

“Sharqiy ekspressdagi qotillik”

Foto: Filmdan kadr

Mashhur detektiv Erkyul Puaro (Kennet Brana) qayerda bo‘lmasin, murakkab jinoyatlarga duch keladi. Bu safar u mashhur Sharqiy ekspress poyezdida yo‘lga chiqadi, u yerda yoqimsiz amerikalik gangster Edvard Ratchett (Depp) bilan uchrashadi. U katta summa evaziga detektivdan uni himoya qilishini so‘raydi — gangster antikvar buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadi, shuning uchun ko‘plab dushmanlar orttirgan. Kechasi savdogar shafqatsizlarcha o‘ldiriladi: tanasiga 12 marta pichoq urilgan. Poyezddagi barcha yo‘lovchilar gumon ostida. Kim aybdor? Baxtsiz beva ayolmi, xotirjam murabbiyami, hukmi oliy knyaginyami yoki sirli missioner ayolmi?

“Buyuk”

Foto: Filmdan kadr

1970-yillar. Minamata ko‘rfazi yaqinidagi Yaponiya qishlog‘ida ekologik falokat yuz beradi: yirik sanoat kompaniyasi o‘n yillar davomida tarkibida simob bo‘lgan kimyoviy moddalarni suvga oqizib kelmoqda. Aholi umidini uzgan. Odatiy baliqli ratsion fojiaga aylanadi, bolalar dahshatli patologiyalar bilan tug‘iladi: suyaklar egri, zaif ko‘rish qobiliyati va soqovlik. Okeanning narigi tomonida mashhur harbiy fotograf Yevgeniy Smit (Jonni Depp) o‘z hayotini davom ettirmoqda: uning spirtli ichimliklar bilan bog‘liq jiddiy muammolari bor, farzandlari u bilan muloqot qilishni to‘xtatgan, Life jurnali esa uning istiqboliga unchalik ishonmaydi. Ammo o‘lim yoqasidagi odamlarning taqdiri uning qo‘lida.

“Yolg‘onlar shahri”

Foto: Filmdan kadr

Hip-hop afsonasi Tupak Shakur va reper The Notorious B.I.G.ning o‘ldirilishi — detektiv Rassell Pulga (Depp) tinchlik bermaydi. Ishdan sharmandalarcha haydalgan sobiq politsiyachi jinoiy to‘da yoki rep guruhlari o‘rtasidagi ilgari sodir bo‘lgan urushni shunchaki ko‘zbo‘yamachilik deb hisoblaydi va bu ishda Los-Anjeles politsiyasining ham qo‘li bor deb shubhalanadi. O‘z kasbidan hafsalasi pir bo‘lgan, hamkasblari va jamoatchilikka tergov qanday bo‘lishi haqida eslatib qo‘ymoqchi bo‘lgan bosh qahramon jurnalist Jekson (Forest Uitaker) bilan birgalikda ikki qotillik bo‘yicha barcha faktlarni tartibga solishga harakat qilmoqda.

“Yolg‘onlar shahri” haqiqiy voqealarga va Rassell Puldan intervyu olgan muxbir Rendall Sallivanning kitobiga asoslangan. Ish yopilgan bo‘lsa-da, jinoyat hali ham ochilmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, filmning ekranlarga chiqishiga Los-Anjeles politsiyasi to‘sqinlik qilgan.

“Varvarlarni kutish”

Foto: Filmdan kadr

Imperiyaning janubiy chegarasida joylashgan kichik qal’a. Gubernator yoki magistrat (Mark Raylans) mahalliy aholi hayotiga aralashmaydi va shaharchada tartib o‘rnatishni zo‘rg‘a amallaydi. Kutilmaganda shtatning gullab-yashnashiga xalaqit beradigan vahshiylar hisoblangan mahalliy xalqning yaqinlashib kelayotgan hujumi haqidagi mish-mishlar oliy hokimiyat organlariga yetib boradi. Polkovnik Joll (Depp) chegarani tartibsizliklardan himoya qilishga chaqiriladi. U faqat ikki usuldan foydalanadi: qiynoqlar va yangi asirlarni qo‘lga olish. Bunday sharoitlarda asossiz mish-mishlar haqiqatga yaqinlashadi.

“Mashaqqatlar bilan”

Foto: Filmdan kadr

Kollej professori Richard Braun (Depp) davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalinganini bilib qoladi. Tashxis natijasi yomon edi: yashash uchun sabab qolmagan, lekin qahramon aynan shuni kutayotganga o‘xshaydi. Ko‘lda suzish, chekish va ichish majburiy bo‘lgan talabalar uchun mualliflik kursi, erkin shaxsiy hayot — qoidalarning endi nima keragi bor? Talabalar esa kengroq fikr yuritsa yaxshi bo‘lardi, chunki hammaning faqat bitta hayoti bor.

Butun film o‘ziga xos tajribaga aylanadi, unda hamma voqealar bir kishi atrofida jamlanadi. Mazkur loyiha Jonni Deppning aktyorligi va fikrlarining erkin parvozi uchun yaratilgan. O‘ta qorong‘i mavzuga asoslangan komediya va dramaning provokatsion aralashmasi o‘z muxlislarini topdi va tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »