Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgi kunda hayotimizda mo‘jizalar yetishmayapti. Shunday ekan, buni to‘g‘rilashning yo‘li bor. Quyidagi sehrli filmlarni tomosha qiling va yana mo‘jizalarga ishoning.

“Suv parisi”

Multfilmdagi suv parisi Ariel filmga ko‘chdi. Chin dildan niyat qilsangiz, orzular amalga oshadi. Ammo Ursulalardan uzoqroq yurgan ma’qul, kichkina suv parisi bo‘lmasangiz, albatta.

“Piter Pen va Vendi”

Kattalar ba’zan yana bola bo‘lishni xohlashadi. Vaqtni orqaga qaytara olmaysiz, lekin o‘zingizni boladek his qilishning boshqa usullari ham bor. Misol uchun, Piter Pen bilan Netlandiyaga boring, ammo qaytib kelishni unutmang.

“Vonka”

Villi Vonka dunyodagi eng yaxshi qandolatchi ekanligini hamma biladi. Ammo u qanday qilib bunga erishdi? Bularning barchasi qayerdan boshlandi? Uning yoshligi qanday o‘tdi? Bu savollarning barchasiga Timoti Shalame bolalikdagi kumiri rolini o‘ynagan yangi filmda javob beradi.

“Rubi Gilman: Krakenning sarguzashtlari”

Dengiz tubida hayot kechirish har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi. Shuning uchun bosh qahramonning oilasi insonlar dunyosiga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi. Ammo kelib chiqishini yashirish oson ish emas, ayniqsa, qizi ota-onasiga quloq solmasa. Atrofdagilarga diqqat bilan qarang. Balki ular oddiy odam emasdir?

“G‘aroyib maxluqlar: Dambldor sirlari”

Magl (oddiy odam)lar sehrgarlar haqida hech narsa bilmaydi. Ayni paytda sehrli dunyoda haqiqiy tartibsizlik sodir bo‘lmoqda. Dambldor davrida ham shunday bo‘lgan. Tasavvur qiling, u har doim ham Xogvartsni boshqarmagan. Yoshligida u ham Grindelvaldga qarshi kurashgan.

“Uch ming yillik tilak”

Aftidan, Tilda Suinton Yerning oliy sehrgariga aylanishdan oldin juda ko‘p sarguzashtlarni ko‘rgan. Va ulardan birida hatto haqiqiy jinni uchratadi. Ko‘p asrlar davomida shisha ichida yashash qanday ekanligini bilmoqchimisiz? Unda mazkur film aynan siz uchun.

“Sehrlangan malika-2”

Filmning birinchi qismida bosh qahramon Nyu-Yorkda yashashga qaror qiladi. Ammo haqiqiy dunyo malika uchun zerikarli bo‘lib qoldi. Endi malika yana ertaklar olamiga qaytmoqchi. Ammo qaytib ketish u o‘ylaganchalik oson emas.

“Kruella”

Ko‘pchilik uchun bu xonim bolalikdagi asosiy yovuzlardan biri hisoblanadi. Aslida esa uning bolaligi havas qilarli bo‘lmagan. Hayotdagi qiyinchiliklar uni moda olamida mashhur va betakror bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmaydi — orzular ushaladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »