Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yil yangi filmlarga boy bo‘lishi va’da qilinmoqda. Tomoshabinlar sevimli kinolarining davomini, qiziqarli remeyklar va yulduzlar ijro etgan butunlay yangi filmlarni kutishlari mumkin.

“Dyuna: Ikkinchi qism”

 
 
Foro: Filmdan kadr

2021-yilda tomoshabinlarni hayratga solgan “Dyuna” filmining davomi Frank Gerbertning shu nomdagi romanining ikkinchi qismiga asoslangan. Pol Atreydes (Timoti Shalame) Chani (Zendaya) va Fremenlar bilan sayohatini davom ettiradi. U oilasiga xiyonat qilganlardan qasos va kelajakdagi falokatning oldini olishni maqsad qiladi.

Foro: Filmdan kadr

Filmda yangi qahramon paydo bo‘ladi — aktrisa Florens Pyu. U Polning biografiyasini yozayotgan malika Irulan rolini o‘ynaydi. Qiz Polga turmushga chiqadi. Ammo yigit Chanini yoqtiradi.

Premyera: 2024-yil 1-mart.

“Mikki 17”

Foro: Filmdan kadr

Ilmiy-fantastik filmning bosh qahramoni — robot Mikki. U muzlik dunyosini mustamlaka qilishda ishtirok etadi. Har safar o‘limdan keyin Mikkining aqli tiklanadi va yangi tanaga joylashadi. Ammo bir kun robot baza bilan aloqani yo‘qotadi. Qaytib kelgach, o‘rniga allaqachon boshqa robot topishganini ko‘radi va asta-sekin keraksiz temirga aylanayotganini tushunadi.

Mikki rolini Robert Pattinson ijro etadi. Rejissor — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Parazitlar” filmini suratga olgan Bong Jun Xo.

Premyera: 2024-yil 29-mart.

“Da’vogarlar”

Foro: Filmdan kadr

Film kuchli sevgi uchburchagi asosiga qurilgan. Syujet voqealari tennis murabbiyi Tasha, uning turmush o‘rtog‘i va sobiq yigiti atrofida sodir bo‘ladi. Qahramonning eri ham tennischi, ammo sportda omadi kelmaganlardan. Rafiqasi uni “Chellenjer” musobaqasiga yozdiradi va sportchining raqibi Tashining sobiq sevgilisi bo‘lib chiqadi. Filmda bosh rolni Zendaya ijro etadi.

Premyera: 2024-yil 26-aprel.

“Kaskadyorlar”

Foro: Filmdan kadr

Film kaskadyor Kolt haqida. U gonorar evaziga jinoyatchilarni tutib, qo‘shimcha pul ishlab oladi. Bir kuni Kolt sobiq sevgilisi Jodi suratga olayotgan film maydonchasiga kaskadyor sifatida keladi. Kutilmganda suratga olish maydonchasidagi aktyor g‘oyib bo‘ladi. Film tugatilish xavfi ostida qolgani uchun Kolt Jodiga yordam berishga va yo‘qolgan mashhur aktyorni topishga qaror qiladi. Filmda bosh rollarni Rayan Gosling va Emili Blant ijro etadi.

Premyera: 2024-yil 3-may.

“Bitljus-2”

Foro: Filmdan kadr

“Bitljus” filmining ikkinchi qismini suratga olish g‘oyasi 1990-yildan beri film ijodkorlari va aktyorlari tomonidan vaqti-vaqti bilan muhokama qilinardi. 2020-yilda nihoyat filmning davomi ustida ish boshlandi. Filmga yana Tim Byorton rejissorlik qiladi. Maykl Kiton, Vaynona Rayder va Ketrin O’Hara o‘z rollariga qaytadi.

Premyera: 2024-yil 6-sentyabr.

“Gladiator-2”

Foro: Filmdan kadr

Film davomining bosh qahramoni – imperatorning jiyani Kommod Lyutsiy. Birinchi qismda u amakisining qo‘lida o‘lishiga oz qolgandi, lekin Maksimus (Rassel Krou) uni qutqarib qoladi. 20 yil o‘tgach, tomoshabinlarga voyaga yetgan Lyutsiyning hayoti haqida so‘zlab beriladi. Uni “Oddiy odamlar” serialidagi roli bilan mashhur bo‘lgan Pol Meskal ijro etadi.

Premyera: 2024-yil 22-noyabr.

“Yovuz: Birinchi qism”

Foro: Filmdan kadr

Bu yashil terili jodugar Elfaba haqida hikoya qiluvchi musiqiy film. Hammadan ajralib qolgan qahramon oxir-oqibat G‘arbning yovuz jodugariga aylanadi. Shimolning yaxshi jodugarlari Glinda Elfaba bilan to‘qnash keladi. Uning rolini Ariana Grande ijro etadi. Syujetda sevgi munosabatlari ham mavjud.

Premyera: 2024-yil 27-noyabr.

“Mufasa: Qirol sher”

Foro: Filmdan kadr

“Qirol sher” to‘liq metrajli filmi xuddi shu nomdagi multfilmning remeyki edi. Yangi film birinchi qismdagi voqealarni davom ettiradi. Simba o‘ziga tegishli hududlarni boshqaradi va o‘g‘lining izidan borishini xohlaydi. Shu bilan birga, filmda Simbaning otasi Mufasa tarixiga katta e’tibor beriladi.

Premyera: 2024-yil 20-dekabr.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »