Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Filmni tomosha qilayotganda faqat chiroyli kadrlarni ko‘ramiz, lekin kadr ortida qanday qiyinchiliklar bo‘lganini tasavvur ham qilolmaymiz.

Tom Holland va O‘rgimchak odam kostyumi

 
Foto: Filmdan kadr

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u kostyumga “zamok” qo‘shishni so‘ragan, biroq bu taklif rad etilgan. Tom ko‘z atrofidagi teshik orqali naycha kiritib, kostyumini yechmasdan ichimlik ichishi mumkin edi (kiyimni yechib-kiyish oson bo‘lmagani uchun).

Filmda rol o‘ynagan Zendaya ham kostyum noqulay bo‘lganini ta’kidlaydi. Grem Norton shousida u kostyum yaxlit bo‘lgani tepa va pasti bir-biridan ajralmas ekanligini va aktrisa Tomning sog‘lig‘idan xavotirlanganini aytadi.

Skarlett Yoxansson va Qora beva kiyimi

 
 
Foto: Filmdan kadr

Aktrisaning tan olishicha, u ijro etgan superqahramon kombinezoni ko‘proq g‘avvoslar kiyimiga o‘xshardi. Kiyim shu qadar issiq ediki, hatto unda gallyutsinatsiya ham boshlangan. Skarlett bu borada hamkasbi Kris Xemsvort kabi omadli emasdi — aktyor kiygan Tor kostyumi konditsionerga ega edi.

Frensis Fisher va “Titanik” filmidagi Rut Dyuitt roli

Foto: Filmdan kadr

“Titanik” filmidagi qahramonlarning kiyimlari mukammal tanlangan. Biroq ayollar uchun bu chiroyli liboslar qiyinchilik tug‘dirardi. Frensisning aytishicha, korset kiyish nafaqat gavdani, balki nafas olishni qiyinlashtiradi, korset kiygan aktrisalarning hech biri normal nafas ololmaydi.

Katta shlyapa ham noqulay bo‘lgan. Hatto o‘tirish ham qiyin edi: korset tanaga qadalgan, shlyapa stulda orqaga suyanishni qiyinlashtiradi, shuning uchun suratga olish paytida aktrisalar ko‘pincha tik turishga majbur bo‘lgan.

Jim Kerri va Grinch kostyumi

Foto: Filmdan kadr

Aktyor grimda o‘zini “tiriklayin ko‘milgandek” his qilganini tan oladi — kiyim juda noqulay edi. Birinchi kuni grim va kostyum kiyish 8,5 soat vaqtni oladi. Suratga olish kunining oxirida Jim rejissorga ishni davom ettira olmasligini aytadi.

Keyinchalik ular yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etishda aktyorga yordam beradigan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamni taklif qilish orqali chiqish yo‘lini topishadi.

Reychel Brosnan va “Ajoyib Meyzek xonim” filmidagi liboslar

Foto: Filmdan kadr

“Men bemalol nafas ololmasdim, chunki korset tanamni siqib turardi. O‘shanda menga bir-ikki qovurg‘am birlashib ketgandek tuyuldi, chunki chuqur nafas ololmasdim”, — deydi Reychel.

Rege-Jan Peyj va og‘ir zirhli sovut

Foto: Filmdan kadr

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, temirdan yasalgan zirh juda issiq edi. “Tasavvur qiling-a, siz kun bo‘yi qizib ketyapsiz, o‘tirolmaysiz. Terlasangiz ham kiyimingiz namlanmaydi, siz shunchaki o‘sha terga cho‘kib ketasiz. Ajoyib”.

Aktyor hazillashib, “Kichik Dauni xatosi”ga yo‘l qo‘ygan: u ham Temir odam sovutidan shikoyat qilgan va hatto Marvelning keyingi filmlarida uni kiymaslikka harakat qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »