Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyoga mashhur aktyor va aktrisalar hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan bo‘lsa-da, ularning ortida mehnatsevar va mehribon ota-onalari turgan.

Jenna Ortega

 
 
Foto: Legion Media

Jenna Ortega birinchi marta 2016—2018-yillarda Disney’ning “Harlining hayoti” va “Sen” dramatik serialida suratga tushganida shuhrat qozongan. Ammo haqiqiy mashhurlik 2021—2022-yillarda keldi — Jenna “Uenzdey” serialida, shuningdek, “Qichqiriq” va “X” filmlarida ishtirok etdi. Albatta, bularning hammasiga Jenna o‘z kuchi bilan erishdi, lekin haftasiga 5 kun hamshira bo‘lib ishlaydigan va qizi navbatdagi kastingdan o‘tishi uchun 6 soat yo‘l bosishga tayyor bo‘lgan onasining yordamisiz u bu darajaga yetolmasdi. Jenna ta’kidlaganidek, ota-onasi kino olamidan butunlay uzoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u taniqli va obro‘li odamlar bilan bir filmda ishlab, suratga tushib kelishi mumkin, ammo ota-onasini nima uchun idish yuvmagani ko‘proq qiziqtiradi.

Kris Evans

Foto: Legion Media

Kris Evans faoliyatini 16 yoshidayoq boshlagani uchun tish shifokori bo‘lib ishlaydigan otasiga rahmat aytishi kerak. Krisning onasi esa kinoga yaqinroq soha — Yoshlar teatrining badiiy rahbari bo‘lib ishlaydi.

Margo Robbi

Foto: Legion Media

Margo Robbi onasi, akalari va singlisi bilan oilaviy fermada o‘sgan. Uning otasi Margo besh yoshida oilasini tashlab ketgan, shu sababdan ham aktrisa otasi haqida gapirishni yoqtirmaydi. Robbi fizioterapevt bo‘lib ishlagan va qolgan vaqtini uy yumushlari bilan o‘tkazadigan onasidan ko‘p narsa o‘rgangan.

Margo aktrisalik faoliyatini boshlaganidan keyin onasining qarzini to‘lash uchun pul yig‘ishni boshlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Margo onasi unga sarflagan barcha pullarni yozib qo‘ygan. Mehribon qiz bu ishning uddasidan chiqadi — “Uoll-strit bo‘risi” filmidagi rolidan keyin onasining ipoteka qarzini to‘laydi.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Legion Media

Leonardoning onasi Irmelin Di Kaprio yuridik savollar bo‘yicha kotiba bo‘lib ishlagan, otasi Jorj esa oddiy yozuvchi va komikslar chizuvchi rassom bo‘lgan. Aynan Di Kaprioning otasi bo‘lajak aktyorda komikslarga mehr uyg‘otadi. Shuningdek, u o‘g‘lini turli konsert va hippi paradlarga olib boradi. Leoning bolalikdagi eng yoqimli xotiralaridan biri — otasi bilan konsertga borganida Jorj Leoni sahnaga chiqaradi va u yuzlab odamlar oldida raqsga tushadi.

Jessika Chesteyn

Foto: Legion Media

Jessika Chesteyn har doim kuchli irodali, mustaqil ayollar rolini o‘ynaydi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki Jessikaning bolaligi oson kechmagan. Uning yolg‘iz onasi bolalarini bir nechta joyda ishlab, boqishga harakat qilgan. Ba’zan bolalari qorni och uxlab qolgan vaqtlari ham bo‘lgan, lekin aynan mana shunday tarbiya Jessikaga nafaqat o‘zing, balki boshqalar haqida ham o‘ylash kerak, degan tamoyilni singdiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »