Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyida ko‘p qavatli uylarning pastki va yuqori qavatlarida yashashning ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Pastki qavatda yashashning kamchiliklari

  1. Shovqin

O‘yin maydonchalarida yurgan bolalar, o‘tgan-ketgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri derazalar ostida to‘xtab turgan mashinalar va tinimsiz ta’mirlash ishlari doimiy shovqinni kafolatlaydi va ba’zida qo‘shimcha ovoz izolyatsiyasi ham undan qutqara olmaydi. Baland tovushlar nafaqat uyquni buzadi, balki stressni ham keltirib chiqaradi, bu esa keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi.

 
 
Foto: Getty Images
  1. Yoqimsiz hid

Agar kvartira, aytaylik, birinchi qavati juda past bo‘lgan Xrushchyov binosida joylashgan bo‘lsa, u holda yaqin atrofdagi avtomobillardan chiqindi gazlar, ko‘cha changlari, skameykalardagi chekuvchilar va kirish joyidagi axlat qutilari aholi uchun shovqindan kam bo‘lmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Shveysariyalik olimlarning fikriga ko‘ra, pastki qavatlarda yashovchilar o‘pkasida jiddiy kasalliklar rivojlanish ehtimoli boshqalarga qaraganda 40% yuqori.

Foto: Getty Images
  1. Namlik

Agar qurilish sifatsiz bo‘lsa, namlik va zax ko‘pincha yerto‘ladan kvartiraga kirib borishi mumkin. Birinchi qavatda yashaydigan ko‘plab aholi vakillari juda tez o‘sadigan va sog‘liq uchun zararli bo‘lgan qora mog‘or haqida shikoyat qiladi. Izolyatsiya ta’mirlash vaqtida himoya chorasi sifatida ishlatiladi, ammo, afsuski, bu har doim ham muammoni hal qilmaydi. Qolaversa, vaqt o‘tishi bilan uni yangilash kerak, bu esa qimmatga tushadi.

Foto: Getty Images
  1. Yorug‘lik yetishmasligi

Ko‘pincha pastki qavatlardagi kvartiralarning derazalari oldida daraxtlar yoki yorug‘likni to‘sib qo‘yadigan qo‘shni binolar bo‘ladi, shu bois ichkariga yorug‘lik yetarlicha tushmaydi. Shuningdek, ba’zi xonadon egalari o‘tkinchilar derazadan qarab, shaxsiy hayotini buzayotganidan shikoyat qiladi va derazaga qalin parda osadi, ammo bu ham uyni tabiiy yorug‘likdan mahrum qiladi. Quyosh nurlari yetishmasligi tufayli ruhiy salomatlik buziladi, doimiy charchoq, xavotir va uyqusizlik paydo bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Yuqori qavatlarda yashashning kamchiliklari

  1. Bolalarning ijtimoiy integratsiyalashuvi bilan bog‘liq muammolar

Tadqiqotlarga ko‘ra, beshinchi qavatdan pastda yashaydigan bolalar yuqori qavatlardagi bolalarga qaraganda ancha faolroq va mustaqil bo‘ladi. Gap shundaki, kvartira qanchalik baland bo‘lsa, ota-onalar farzandini ko‘chaga yolg‘iz qo‘yib yuborishdan shunchalik qo‘rqishadi. Onalar uchun uni derazadan kuzatib turish qiyin, lift har doim ham xavfsiz emas. Shuning uchun bolalar ko‘proq uyda o‘tirishadi.

Foto: Getty Images
  1. Birinchi yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilishdagi qiyinchiliklar

Yuqori qavatda yashovchilar shifokorning yuqoriga ko‘tarilishini uzoqroq kutishlari kerak bo‘ladi. Va agar shoshilinch kasalxonaga yotqizish haqida gap ketsa, unda jamoa ham bemorni piyoda tushirishga majbur bo‘ladi. Xuddi shu narsa favqulodda evakuatsiya uchun ham amal qiladi. Birinchi qavatda yashovchilar uchun xavf tug‘ilganda, masalan, yong‘in paytida tashqariga yugurish ancha oson. Qolganlarga esa ko‘proq vaqt ketadi.

Foto: Getty Images
  1. Yozda juda issiq bo‘ladi
    Foto: Getty Images

Issiq havoda baland qavatlarda jazirama quyosh xonani pastdan ko‘ra ko‘proq isitadi, odatda pastki kvartiralar daraxtlar soyasi bilan himoyalangan bo‘ladi. Bundan tashqari, eng yuqori qavatdagi uylarda derazalarga quyosh urishidan tashqari, binoning metall tomi ham issiqlik qo‘shadi.

  1. Tez ko‘tarilish tufayli bosimning o‘zgarishi
    Foto: Getty Images

Yuqori tezlikdagi liftlar kerakli qavatga tezda chiqish imkonini beradi. Ammo bunday ko‘tarilish ko‘z oldi qorong‘ilashishi va quloq bitishiga sabab bo‘ladi. Lift ishlab chiqaruvchilari ularni takomillashtirish ustida faol ish olib borishlariga qaramay, ularni qulay deb atab bo‘lmaydi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan keksalar va homiladorlarga yomon ta’sir qiladi.

  1. Tebranishlar (Vibratsiya)
    Foto: Getty Images

Osmono‘par binolarning yuqori qavatlarida yashovchilar tebranishlardan pastdagilarga qaraganda ancha kuchliroq aziyat chekishadi, ayniqsa gavjum magistral, temiryo‘l yoki metro derazalar ostidan o‘tsa. Bu tebranishlar har doim ham sezilmaydi, lekin ular ruhiy tushkunlik, bezovtalik va xavotirga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda...

Pastki va yuqori qavatlar o‘zlarining ijobiy-salbiy tomonlariga ega bo‘lishiga qaramay, mutaxassislar sog‘ligingiz uchun qayerda yashash yaxshiroq ekanligi haqida hali ham umumiy fikrga ega emas. Shuning uchun “oltin o‘rtalik” — beshinchidan sakkizinchi qavatgacha bo‘lgan xonadonni tanlagan ma’qul.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »