Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

26 yoshli Madlen Brokuey va Jeykob LaGron ekstravagant to‘yi tufayli yanada mashhur bo‘ldi. Madlen kim, nega uning nikohi barcha yangiliklarda haqiqiy sensatsiyaga aylandi?

 
 
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Madlen Florida shtati (Mayami)da tug‘ilgan. Qizning oilasi juda badavlat: otasi mashhur avtomobil kompaniyasining bosh direktori, onasi esa Coral Gablesdagi Mercedes Benz filialining vitse-prezidenti. Brokueyning faoliyati haqida hech narsa ma’lum emas. Ammo u ota-onasining milliard dollarlik merosiga ega, shuning uchun biror joyda ishlashiga hojat yo‘q.

Uning turmush o‘rtog‘i Jeykob LaGron Neshvillda tug‘ilgan. Yigit sport jamoalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u “talantlar”ni texnik tomondan ham ta’minlaydi. Jeykobning boyligi ham millionlab dollarga baholanadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Yosh juftlik to‘ylarini hashamatli tarzda nishonlashga qaror qilishdi. Bayram uchun eng romantik joy tanlandi — Fransiya (Parij). Bo‘lajak umr yo‘ldoshlar u yerga shaxsiy samolyotda uchib ketishdi.

Dabdabali to‘y besh kun davom etdi. Deyarli bir hafta davomida Madlen va Jeykobga eng yuqori sifatli xizmat ko‘rsatildi: shaxsiy haydovchi, sartaroshlar hamda vizajistlarining katta jamoasi, professional fotograflar guruhi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Brokuey ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan to‘y videolari shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu to‘y “so‘nggi 100 yildagi eng hashamatli to‘y” deb ataldi. To‘y kadrlari esa ko‘pchilikni yig‘latdi: kimdir hayratdan, kimdir go‘zallikdan, kimdir hatto hasaddan.

Parijga kelgach, juftlik Chanel butigida ziyofat uyushtirishdi. Shu kuni Madlen tugmali oq sviter-ko‘ylak, oq kolgotka va poshnali qora tufli kiygan. Mehmonlar uchun esa maxsus to‘y sovg‘asi — har biriga buyurtma asosida tayyorlangan Chanel sumkasi hadya qilingan. Shuningdek, ajoyib shirinliklar va gazlangan vino tortilgan.

 
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ikkinchi kuni Madlen va Jeykob mashhur Versal saroyiga tashrif buyurishdi. Ular uchun shaxsiy sayohat uyushtirildi. Bunday sayohatdan so‘ng, tadbir qahramonlari qarindoshlari bilan birga sobiq qirollik qarorgohida sham yorug‘ida kechki ovqat tanovul qildi. Klassik kostyum kiygan ofitsiantlar dasturxonga mazali taomlar va ichimliklar tortishdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Juftlik saroydagi “Le Grand Controle” mehmonxonasida tunashdi. Mehmonxona nomerlarining narxi xonaning turiga va hajmiga bog‘liq: bir kecha uchun 2 400 dollardan 14 600 dollargacha.

Uchinchi kuni Madlen va Jeykob Sena bo‘ylab tungi sayr qilishdan oldin Eyfel minorasiga tashrif buyurishdi va u yerda yana bir kechki ovqatdan zavqlanishdi. O‘sha oqshom qiz oq-qora chiziqli ko‘ylak, gulli jaket va baland poshnali tufli kiygan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

To‘ydan oldin bo‘lajak turmush o‘rtoqlar to‘y marosimini repetitsiya qilishga qaror qilishadi. Uchrashuv yuzlab gullar bilan bezatilgan mashhur Parij opera teatrida bo‘lib o‘tadi. Bayram joyini bezash uchun ishchilarga bir haftadan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Kelin-kuyov zalga kirishi bilan jonli musiqa yangradi. Keyin ular birgalikda tushlik qilishadi. Bunday repetitsiya taxminan 337 ming dollarga tushdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Nikoh marosimi esa ochiq havoda, Eyfel minorasiga qaragan ajoyib bog‘da bo‘lib o‘tdi. Atrofdagi hamma narsa oq-yashil gullar va juftlik ismlarining bosh harflari yozilgan g‘ayrioddiy lampalar bilan bezatilgan. Madlenning to‘y obrazi esa betakror bo‘lgan: ochiq yelkali oq ko‘ylak va uzun shleyf.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mehmonlar uchun asosiy syurpriz Amerikaning Maroon 5 guruhining chiqishi bo‘ldi. Sevishganlar sevimli qo‘shiqlari ostida to‘y raqsiga tushishdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Madlen va Jeykobning nikoh marosimi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. To‘ydan oldin ham qiz o‘zining hashamatli va boy hayoti haqida juda ko‘p post joylashtirardi: dizaynerlik liboslari, eng yaxshi restoranlarda kechki ovqatlar, yaxta sayohatlari, elita moda namoyishlari va dunyo bo‘ylab sayohatlar. Biroq bu to‘y nafaqat yangi turmush qurganlar va ularning mehmonlari uchun, balki yulduzning barcha obunachilari uchun ham esda qolarli voqea bo‘lib qoladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »