Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gollivud kino olamida ko‘plab aka-uka va opa-singillar ko‘p yillardan beri filmlarda birga rol o‘ynab kelmoqda. Ajablanarlisi shundaki, ular o‘rtasida raqobat yo‘q.

Elizabet, Meri-Keyt va Eshli Olsen

 
 
 
Foto: Getty Images

Elizabet hozir mashhurlik bo‘yicha opalaridan o‘zib ketganiga qaramay, karyerasini ularga qaraganda kechroq boshlagan. Meri-Keyt va Eshli 9 oylik chaqaloqligida filmlarda suratga tushgan. 10 yoshida ular Qo‘shma Shtatlardagi eng yosh millionerlarga aylanishadi.

Foto: Getty Images

Elizabet voyaga yetganidan keyin daromadli shartnomalar tuza boshladi. Uning ismi 2014-yilda aktrisa Qizil jodugar obrazini yaratganda mashhur bo‘ldi.

Bugungi kunda Elizabet filmlarda porlashda davom etmoqda, Meri-Keyt va Eshli esa kino olamini tark etgan. Ular yiliga 100 million dollar daromad keltiradigan The Row kiyim brendiga asos solgan.

Foto: Getty Images

Ell va Dakota Fanning

Opa-singillar Ell va Dakota Fanning Stiven Spilbergning “O‘g‘irlangan” filmida bosh rolni o‘ynagan. Yosh aktrisalarga katta pul tikiladi va ular umidlarni oqlaydi.

Foto: Getty Images

Dakotani mashhur qilgan “G‘azab” filmi bo‘lib, u Denzel Vashington, Mikki Rurk va Kristofer Uolken bilan birga rol o‘ynagan. U o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rdi va tajribali aktyorlar bilan ishlashda davom etdi. Uning shov-shuvli loyihalaridan biri “Sumerki” seriali hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Ellning birinchi jiddiy ishi “Men Semman” dramasi bo‘lib, karyerasidagi eng yaxshi filmi “Fibi mo‘jizalar mamlakatida” kartinasidir. Ammo ko‘pchilik tomoshabinlar uni “Malefisenta” filmidagi Avrora roli tufayli bilishadi.

Foto: Getty Images

Timoti va Polin Shalame

Ko‘pchilik Timoti Shalameni yaxshi taniydi, lekin uning singlisi Polin haqida eshitganlar kam.

Foto: Getty Images

Polin bolaligidan ijodkor edi. U balet maktabini tamomlagan va truppada chiqish qilgan. U raqs san’atida mashhur bo‘la olmadi, shundan so‘ng o‘zini kinoda sinab ko‘rdi. Birinchi ishi “Staten orolining qiroli” filmi edi.

Foto: Getty Images

Aytgancha, Timoti ham darhol mashhur bo‘lmagan. Professional sportchi bo‘lish orzularidan voz kechib, u kastinglarga boradi. Yulduz “Interstellar” blokbasterida Metyu Makkonahining o‘g‘li rolini o‘ynaydi, ammo Timoti qatnashgan barcha kadrlar kesilgan. Biroq shon-shuhrat uzoq kuttirmadi. Muvaffaqiyat “Meni isming bilan chaqir” dramasi ekranlarga chiqishi bilan keldi. Timoti, shuningdek, “Byord xonim”, “Kichik ayollar”, “Dyuna” va boshqa ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan.

Foto: Getty Images

Liam, Kris va Lyuk Xemsvort

Xemsvortlar oilasining har bir a’zosi yulduzdir. Liam, Kris va Lyuk Xemsvortlar bir xil kasbni tanladi va bir-birlari bilan raqobatlashishni yaxshi ko‘radi.

Foto: Getty Images

Birinchi bo‘lib kino olamiga Lyuk kirib keldi va Avstraliyada mashhur bo‘ldi. Agar Kris bo‘lmaganida, u mahalliy yulduz bo‘lib qolardi. Ukasi Lyukdan “Tor-2: Zulmat qirolligi” filmiga tayyorgarlik ko‘rayotganda unga trenerlik qilishni so‘raydi. “Yovvoyi g‘arb dunyosi” seriali premyerasidan keyin hamma u haqida gapira boshlaydi.

Foto: Getty Images

Lyuk karyerasini boshlaganida, Kris ham o‘zini kastinglarda sinab ko‘radi. U “Oppog‘oy va ovchi” filmida birinchi yirik gonorarni oladi. Hozirda Krisni 2011-yilda birinchi marta kiygan Tor kostyumisiz tasavvur qila olmaymiz.

Foto: Getty Images

Aytgancha, Liam Krisning o‘rnini egallashi mumkin edi. U superqahramon roli uchun ham kastingdan o‘tgan, biroq akasiga yo‘l bergan. Ammo kichik Xemsvort yana bir mashhur franshiza — “Hayot-mamot o‘yinlari”ning yulduziga aylandi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »