Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ishdan keyin Netflix yoki HBO’dan film tomosha qilish hordiq chiqarish uchun yaxshi tanlov. Ammo shunday filmlar borki, ularga sarflangan mablag‘ga bir nechta film va seriallar suratga olish uchun mumkin.

“Tonggi shou” — har bir epizod uchun 15 million dollar

 
 
Foto: Filmdan kadr

Mana 4 fasldirki, teleboshlovchi Aleks Levi tomoshabinlarga jurnalistlar olamini parda ortidan ko‘rsatib kelmoqda. Aytgancha, bosh qahramon rolini Jennifer Eniston ijro etadi. Ammo ijodiy guruh tarkibida boshqa mashhur aktyorlar ham bor.

“So‘qirlar jangi” — har bir epizod uchun 15 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Kartinada Jeyson Momoadan tashqari, ko‘plab mashhur aktyorlar ham ishtirok etadi. Serialning suratga olish guruhiga “Maymunlar sayyorasi”, “Shelbilar oilasi” va “Hayot-mamot o‘yinlari”ning so‘nggi qismlari ustida ishlagan mualliflar kiradi.

“Mandaloriyalik” — har bir epizod uchun 15 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Butun dunyo serialni iliq qabul qildi. Loyiha aktyorlar tarkibi, katta budjet va kichkintoy Yoda tufayli olamshumul muvaffaqiyatga erishdi. Aytgancha, pulning katta qismi, deyarli 5 million dollar Yodaning o‘zigagina sarflangan. Lekin har bir sent bunga arziydi.

“Taxtlar o‘yini” — har bir epizod uchun 15 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar hali ham HBO’ning asosiy loyihasi ko‘lamidan hayratda. Minglab “massovka”lar, ulkan ajdarlar va haqiqiy qilichlardan yasalgan Temir taxt... Umuman olganda, izohga hojat yo‘q.

“Ajdaho uyi” — har bir epizod uchun 20 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Bu loyiha “Taxtlar o‘yini”dan biroz qimmatroq. Bu yerda ham ajdarlar bor — buyuk Targaryen uyining tirik vakillari ham. Tasavvur qiling-a, butun oilani qayta tiklash qancha turadi. Ayniqsa, uy hayvonlari bilan.

“Tinch okean” — har bir epizod uchun 21 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Tom Henks va Stiven Spilberg kichik summa uchun ishlamaydi, bunga shubha yo‘q. Biroq HBO bu ikki aktyorni bir filmda suratga olish uchun pullarni ayamadi va yana bir durdona asar yaratdi.

Marvel seriallari — har bir epizod uchun 25 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Kompaniyaning so‘nggi kartinalari muxlislarga unchalik yoqmadi. Ammo bu hali ham Marvelni yangi loyihalarni ishlab chiqarishga ko‘p pul sarflashga to‘sqinlik qilmaydi: “Vanda/Vijn”, “Loki” va boshqa filmlarga ham ancha-muncha pul sarflangan.

“Ajabtovur ishlar” — har bir epizod uchun 30 million dollar

Foto: Filmdan kadr

Lekin yolg‘iz Marvel emas, Netflix ham maxsus effektlar va ilmiy fantastik loyihalari bilan mashhur. Ayniqsa, “Ajabtovur ishlar” kabi filmni suratga olishda har bir epizod uchun 30 mln dollar sarflangan.

“Qal’a” — har bir epizod uchun 50 million dollar

Foto: Filmdan kadr

So‘nggi “Qasoskorlar” filmining prodyuserlari shou ustida ishlamoqda, biroq bu Amazon katta mablag‘ sarflayotgan yagona loyiha emas. Loyihani amalga oshirish uchun kompaniya dunyoning turli burchaklarida ishlaydigan uchta suratga olish guruhidan ham foydalanadi.

“Uzuklar hukmdori: qudrat uzuklari” — har bir epizod uchun 58 mln dollar

Foto: Filmdan kadr

Ulkan olam, butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar. Bunday paytda ijodkorlar guruhi kuch va pulni ayamasdan mehnat qiladi. Amazon ham shunday qildi. Ammo keyingi mavsumlar, ehtimol, arzonroq bo‘lar, chunki asosiy dekoratsiya allaqachon yig‘ilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »