Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqaridan qaraganda, ko‘plab mashhurlar doimo tabassum qilib yuradigandek ko‘rinadi, ular o‘zlari haqida emas, balki atrof-muhit muvozanati va dunyo tinchligi haqida qayg‘uradi. Biroq ayrimlari, qanchalik urinmasin, baribir shou-biznesda va undan tashqarida o‘zlarining injiqliklarini namoyon qiladi.

Gvinet Peltrou hamkasblari va jamoatchilik nafratlanadigan mashhurlar orasida yetakchilik qiladi. 2013-yilda Star jurnali aktrisani “Gollivuddagi eng nafratga loyiq yulduz” deb topadi. Hammasi 1999-yilda yosh Gvinet “Oshiq Shekspir” filmida “Eng yaxshi ayol roli” uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi. Bunday g‘alabadan so‘ng Peltrouning o‘z nazarida obro‘si oshib ketdi.

 
 
Foto: Getty Images

“Aslida qanday bo‘lsam, o‘shandayman. O‘zimni yiliga 25 ming dollar ishlab topadiganday qilib ko‘rsatolmayman axir”, — degandi Gvinet bir paytlar kamtarlik bilan. Aktrisa u va boshqa multimillionerlarninggina qurbi yetadigan sog‘lom, ammo qimmat turmush tarzini faol ravishda targ‘ib qilgani uchun tez-tez tanqid qilinadi.

Foto: Getty Images

Ayni paytda aktrisa tadbirkor va turmush tarzini qanday olib borish bo‘yicha mutaxassis bo‘lsa-da, dalillarga asoslanmagan ko‘plab bayonotlari bilan ham mashhur. Misol uchun, 2014-yilda Peltrou boshqa kasb egalariga qaraganda, aktrisalik kasbi qiyinroq ekanini aytadi. Uning aytishicha, suratga olish jarayonida chidab bo‘lmas qiyinchiliklarga duch kelgan aktrisalarga qaraganda oddiy ayollarga ishlash va shu bilan birga bolalarga g‘amxo‘rlik qilish osonroq.

Foto: Getty Images

“Menimcha, Stiv Jobs deganda hammaning ko‘z oldiga internet kelsa, Kanye Uest deganda moda va madaniyat tushuniladi”, degan edi bir marta reper o‘zi haqida haddan tashqari manmanlik bilan. Yana bir intervyusida Kanye o‘zini “Xudoning elchisi” deb ataydi. Darvoqe, musiqachining hayotidagi eng katta armoni — u hech qachon o‘z konsertini jonli ko‘ra olmasligidir.

Foto: Getty Images

2009 yilda reper sahnaga sakrab chiqadi va MTV Video Music Awards mukofotining “Eng yaxshi ayol videosi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Teylor Sviftni nutq so‘zlashdan to‘xtatadi. Kanye Teylorga va butun dunyoga bu mukofotga faqatgina Beyonse munosib ekanini aytadi.

Foto: Getty Images

Bu hali hammasi emas. “Teleboshlovchi: yana salom” filmi ustida ishlagan barcha hamkasblarining aytishicha, bir necha kun ichida reper hammaning joniga tekkan. Uill Ferrelning so‘zlariga ko‘ra, Uest musiqani shu qadar baland ovozda tinglaganki, bu suratga olish jarayoniga xalaqit bergan. Kanye ishtirokidagi kadrlar suratga olingan bo‘lsa ham u o‘zining treklarini baland ovozda eshitishda davom etib, suratga olish maydonini tark etishdan bosh tortgan. Reper mashhur teleboshlovchi Konan O’Brayen bilan efirga chiqishni qat’iyan rad etishini esa zudlik bilan dush qabul qilishi kerakligi bilan izohlagan.

Foto: Getty Images

Ketrin Zeta-Jons vaqti-vaqti bilan o‘zining mavqeyi va ba’zi odamlar kabi tanga yoki chinni haykalchalarni emas, balki hashamatli uylarni yig‘ishi bilan maqtanib turadi. Ba’zida Ketrin har doim bir xil oyoq kiyimning ikki yoki besh nusxada sotib olishi kerakligidan shikoyat qiladi. Axir har bir uyida unga kerak bo‘lgan poyabzal bo‘lmasligi mumkin. 2003-yilda aktrisa hatto “bir million dollar aslida unga o‘xshaganlar uchun katta summa emasligini” aytadi.

Foto: Getty Images

Bir marta Zeta-Jons jim turishdan charchaganini va jamoatchilik unga hashamatli hayoti uchun tanbeh berishiga yo‘l qo‘ymasligini aytadi. “Boy bo‘lganim, kino yulduziga turmushga chiqqanim, hozir ham ajoyib ko‘rinishda ekanligim uchun hammadan uzr so‘rayman”, — degandi Ketrin The Mirror nashriga bergan intervyusida.

Foto: Getty Images

“Xudbin” Uill Smitning takabburligi haqida uning hamkasblari intervyularida hech ikkilanmay gapirishadi. Uill bilan “Bel-Eirning yangi shahzodasi” serialida suratga tushgan aktrisa Janet Xubert Smit o‘zini bolalardek tutishini to‘xtatib, barcha qilmishlari uchun kechirim so‘ragandagina loyihani davom ettirishga rozi bo‘lishini aytadi.

Foto: Getty Images

“Ammo u kechirasiz, degan so‘zni bilmaydi”, — deydi Janet va hech qachon u bilan bir filmda o‘ynamasligini ta’kidlaydi.

Smitning o‘zi ham Yer Quyosh atrofida emas, balki uning atrofida aylanishini yashirmaydi. “Otang — dunyodagi eng buyuk aktyor, shuning uchun mening soyamda qolib ketishing mumkin. Mashhurligimning bir tomchisiga erishish uchun ham hali qancha qiynalasan”, degan Uill bir kuni o‘g‘li Jeydenga.

Foto: Getty Images

Jennifer Lopes endi Bronksdan kelgan oddiy qiz emas. Aktrisa ofitsiantlar va styuardessalar bilan gaplashishdan qat’iyan bosh tortadi va yordamchilaridan iltimoslarini ularga yetkazishni talab qiladi. Agar styuardessa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Lopesga gapirsa ham, u yordamchilaridan birining javobini kutishiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Getty Images

Jey Lo sotuvchi bilan ham muloqot qilishni yoqtirmaydi. Bir kuni xonanda butikka kiradi va savdo xodimining unga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi savoliga javoban bir juft suzish kiyimini olib, qizning yuziga otadi va kiyinish xonasiga kirib ketadi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, u shu qadar hayratga tushadiki, shu zahotiyoq Lopesning orqasidan borishi kerakligini anglolmaydi. Bundan g‘azablangan yulduz hech narsa xarid qilmay do‘konni tark etadi.

Foto: Getty Images

Beyonse ham o‘zini koinot markazi deb biladi. “Menda ilohiy iste’dod bor, bu meni har doim boshqa odamlardan ajratib turadi”, deydi qo‘shiqchi. Ammo xonanda Destiny’s Child guruhidagi sobiq hamkasblarining vokal qobiliyatlari haqida past fikrda. 2000-yilga kelib u “nihoyat ularning hammasi qo‘shiq aytishi mumkin” deydi. Aytgancha, 2013-yilda Super Bowl sport musobaqasi finalidagi musiqiy tanaffus paytida Beyonse yana Kelli Roulend va Mishel Uilyams bilan sahnada uchrashadi. Qizlar guruhining sobiq a’zolari ikkita mashhur qo‘shiqlarini ijro etadi. To‘g‘ri, Beyonse yakkaxon qo‘shiq aytayotganda, qizlar zaxira raqqosa sifatida harakat qilishlari kerak edi.

Foto: Getty Images

Hech kimga sir emaski, yulduz u bilan ishlaydigan yoki unga yordam berganlarga nisbatan ham takabbur va qattiqqo‘l. Shunday qilib, 2013-yilda Misrning sobiq qadimiy asarlar vaziri Zahi Havas Beyonsega Giza piramidalari bo‘ylab sayohat uyushtirishdan bosh tortgan, chunki qo‘shiqchi manzilga bir necha soat kechikib kelgan bo‘lsa-da, kechirim so‘rashni xayoliga ham keltirmagan.

Foto: Getty Images

Butun dunyoga mashhur Jastin Biber yoshligidanoq takabbur yigit bo‘lgan. U anchadan beri xatti-harakatlarini nazorat qilish odatini yo‘qotgan. Qo‘shiqchi mehmonxona balkonidan muxlislariga tupurishi, Nyu-York restoranining oshxonasida “choptirishi”, Buenos-Ayresdagi klub sahnasini Argentina bayrog‘i bilan artishi, ziyofat shovqinidan shikoyat qilgan qo‘shnilarga tuxum uloqtirishi mumkin — bu ro‘yxatni uzoq davom ettirsa bo‘ladi. 2017-yilda Xitoy hukumati Biberning xatti-harakati tufayli mamlakatdagi konsertini taqiqlagandi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »