Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) meksikalik Kevin Gonsalesga (26-0-1, 13 KO) qarshi jang qiladi. 

Ushbu jang 16-dekabr kuni AQShning Arizona shtatida joylashgan Desert Diamond arenasida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi. 

Qayd etish joiz, Murodjon ishtirokidagi jang WBA chempionlik kamari uchun yakuniy eliminator jangi bo‘ladi. Ya’ni, jang g‘olibi WBA chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Hozirda ushbu vaznda WBA yo‘nalishi chempioni filippinlik Marlon Tapales hisoblanadi. U 26-dekabr kuni yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qiladi.

Murodjon faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi. 

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan. 

Ushbu kechaning asosiy janglari bilan tanishing: 

Jesse Rodrigez (18-0) — Sanni Edvards (20-0)

Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) — Kevin Gonsales (26-0-1, 13 KO)

Peter Makgril (8-0) — Jariko O‘kvin (16-1-1)

Junaid Bostan (7-0) — Gordie Rass (6-0)

Arturo Popoka (11-0-1) — Karlos Muxika (8-3-0).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »