Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Moliya vazirligi Qirg‘iziston va Tojikiston kompaniyalariga Rossiyaga urushda foydalaniladigan resurs va qurilmalar yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

Foto: Anadolu

Sanksiyalar ro‘yxatiga turli mamlakatlardan jami 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan. Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tgan Weitmann Handeln Allianz ham sanksiyalar ostida qoldi.

Weitmann Rossiyaga ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash mashinalari va diskli saqlash qurilmalarining yuzlab partiyalarini yuborgan.

Sanksiyalar Tojikistonda joylashgan “Kafolati Komil” kompaniyasiga ham taalluqli bo‘lib, AQSH rasmiylariga ko‘ra, u BAA orqali Rossiyaga xorijda ishlab chiqarilgan aviatsiya ehtiyot qismlarini jo‘natgan.

AQSH Markaziy Osiyodagi kompaniyalarga nisbatan kiritgan so‘nggi sanksiyalar:

  • Iyul oyida Rossiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uchun Rossiyaga elektronika va boshqa mahsulotlar yetkazib bergan Qirg‘izistonning to‘rtta kompaniyasi Amerika sanksiyalari ostida qolgandi.
  • Avgust oyida Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Defense Engineering kompaniyasini Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlardagi ishtiroki uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.
  • Noyabr oyida AQSH O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. AQSH Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu cheklovlar Rossiya Qurolli kuchlari uchun dron ishlab chiqarish bilan bog‘liq.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »