Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 17-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 16-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Sheffild Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa “aristokratlar” ketma-ket ikkita gol urdi. Dastlab 54-daqiqada Koul Palmer darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 61-daqiqada Niklas Jekson o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa o‘yin “Chelsi”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Manchester Siti” esa “Kristal Pelas” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. “Shaharliklar” tarkibida Jek Grilish va Riko Lyuis gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Mateta va Olise o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.


APL

17-tur

16-dekabr, shanba

“Chelsi” — “Sheffild” 2:0

Gollar: 1:0 – 54 Palmer, 2:0 – 61 Jekson.

“Chelsi”: Petrovich, Disasi, Tiago Silva, Badyashil, Koluill, Gallaher, Mudrik (Fernandes, 69), Palmer (Matsen, 90), Kaysedo, Sterling (Broya, 75), Jekson (Gyusto, 90).

“Sheffild Yunayted”: Foderingem, Bogl, Axmedxojich, Trasti, Lou, Makati, Hamer (Sliman, 80), Vinisius, Bruks (Osula, 58), Makberni (Norvud, 67), Archer.

Ogohlantirishlar: Makati (42), Gallaxer (52), Hamer (63), Lou (74).

“Manchester Siti” — “Kristal Pelas” 2:2

Gollar: 1:0 – 24 Grilish, 2:0 – 54 Lyuis, 2:1 – 76 Mateta, 2:2 – 90 Olise (penalti).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Gvardiol, Lyuis (Stounz, 90), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Alvares.

“Kristal Pelas”: Henderson, Klayn (Eze, 90), Uord (Ozo, 34), Andersen, Gehi, Mitchell, Olise, Richards, Shlupp (Mateus Fransa, 81), Ridevald (Axamada, 81), Mateta.

Ogohlantirishlar: Andersen (40), Ederson (42).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »