Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 16-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 10-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” safarda “Lyuton” mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida “Lyuton” futbolchisi Eliya Adebayo hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” faollikni oshirdi. 62-daqiqada Bernardu Silva muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Jek Grilish manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin Pep Gvardiolaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Everton” “Chelsi”ga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Mersisaydliklar safida Abdulaye Dukure va Lyuis Dobbin gol mualliflariga aylandi.


APL

16-tur

10-dekabr, yakshanba

“Lyuton” — “Manchester Siti” 1:2

Gollar: 1:0 – 45 Adebayo, 1:1 – 62 Bernardu Silva, 1:2 – 65 Grilish.

“Lyuton”: Kaminski, Loker (Klark, 90), Bell, Menji, Dauti, Jaylz (Chong, 84), Barkli, Nakamba (Lokonga, 72), Taunsend (Morris, 72), Braun, Adebayo.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Gvardiol (Stounz, 69), Kovachich (Mateush Nunesh, 83), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Akanji, 90), Alvares.

Ogohlantirishlar: Nakamba (58), Rodri (73), Dauti (77).

“Everton” — “Chelsi” 2:0

Gollar: 1:0 – 54 Dukure, 2:0 – 90 Dobbin.

“Everton”: Pikford, Yang (Patterson, 41), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Harrison (Dobbin, 86), Guye (Onana, 46), Dukure, Garner, Kelvert-Lyuin (Betu, 67), Maknil.

“Chelsi”: Sanches (Petrovich, 84), Jeyms (Koluill, 27), Disasi, Badyashil, Kukurelya (Matsen, 84), Gallaher, Mudrik, Fernandes (Sterling, 66), Palmer, Kaysedo, Broya (Jekson, 67).

Ogohlantirishlar: Guye (15), Palmer (20), Brentueyt (59), Mudrik (73).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »