Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 16-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 9-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Liverpul” safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar hisobni ochdi. 57-daqiqada Jan-Filipp Mateta penaltini golga aylantirdi. 75-daqiqada “Kristal Pelas” a’zosi Jordan Ayu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda jamoa bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. 76-daqiqada Muhammad Saloh hisobni tenglashtirdi. 90+1-daqiqada Harvi Elliot “qizillar”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

“Manchester Yunayted” o‘zida “Bornmut”ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar safida Dominik Solanke, Filipp Billing va Markos Senesi gol mualliflariga aylandi.


APL

16-tur

9-dekabr, shanba

“Kristal Pelas” — “Liverpul” 1:2

Gollar: 1:0 – 57 Mateta (penalti), 1:1 – 76 Saloh, 1:2 – 90 Elliott.

“Kristal Pelas”: Jonston (Mettyuz, 87), Uord, Andersen, Gexi, Klayn, Richards, Hyuz (Ozo, 90), Lerma (Olise, 68), Shlupp (Ahamada, 84), Ayyu, Eduar (Mateta, 46).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Kuansa (Konate, 57), Simikas, Endo (Gomes, 46), Soboslai (Jons, 74), Gravenberx (Gakpo, 57), Saloh, Dias, Nunyes (Elliott, 74).

Ogohlantirishlar: Uord (37), Ayyu (60), Lerma (64), Richards (71), Andersen (90), Gomes (90), Dias (90), Ahamada (90).

Chetlatish: Ayyu (75).

“Manchester Yunayted” — “Bornmut” 0:3

Gollar: 0:1 – 5 Solanke, 0:2 – 68 Billing, 0:3 – 73 Senesi.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Maguayr, Shou (Evans, 79), Regilon, Brunu Fernandesh, Amrabat, Maktominey, Antoni (Pelistri, 79), Garnacho (Reshford, 79), Marsyal (Hyoylund, 56).

“Bornmut”: Neto, Smit, Senesi, Zabarniy, Kerkez, Kristi, Kuk (Rotuell, 88), Tavernye (Uattara, 88), Klyuyvert (Sinisterra, 72), Solanke, Semenyo (Billing, 58).

Ogohlantirishlar: Tavernye (27), Regilon (30), Hyoylund (60), Brunu Fernandesh (84).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »