Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 15-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 6-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Skot Maktominey hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida Koul Palmer muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda tomoshabinlar yana bitta golga guvoh bo‘ldi. 69-daqiqada Maktominey dublni rasmiylashtirdi va mankunianliklarning g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

“Manchester Siti” safarda “Aston Villa”ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol Leon Beyli hisobiga yozildi.

“Liverpul” esa “Sheffild”ni 2:0 hisobida taslim etdi. Mersisaydliklar tarkibida Virjil van Deyk va Dominik Soboslai gol mualliflariga aylandi.


APL

15-tur

6-dekabr, chorshanba

“Manchester Yunayted” — “Chelsi” 2:1

Gollar: 1:0 – 19 Maktominey, 1:1 – 45 Palmer, 2:1 – 69 Maktominey.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Maguayr, Lindelef (Regilon, 46), Shou, Brunu Fernandesh, Amrabat, Maktominey, Antoni, Garnacho (Evans, 90), Hyoylund (Reshford, 84).

“Chelsi”: Sanches, Kukurelya (Jeyms, 46), Tiago Silva, Disasi, Koluill, Mudrik (Broya, 77), Fernandes, Palmer, Kaysedo, Sterling, Jekson.

Ogohlantirishlar: Shou (14), Garnacho (22), Diogu Dalot (82), Regilon (90).

“Aston Villa” — “Manchester Siti” 1:0

Gol: 1:0 – 74 Beyli.

“Aston Villa”: Martines, Konsa, Diego Karlos, Pau Torres, Din (Moreno, 90), Beyli (Diabi, 85), Makginn, Tilemans (Remzi, 85), Kamara, Duglas Luis, Uotkins (Duran, 90).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Gvardiol, Stounz, Akanji, Lyuis (Mateush Nunesh, 68), Bernardu Silva, Foden (Bobb, 73), Holand, Alvares (Kovachich, 68).

Ogohlantirishlar: Stounz (45), Lyuis (53), Uotkins (60), Kamara (87).

“Sheffild” — “Liverpul” 0:2

Gollar: 0:1 – 37 van Deyk, 0:2 – 90 Soboslai.

“Sheffild Yunayted”: Foderingem, Bogl, Robinson, Ahmedhojich, Trasti (Lou, 88), Bruks (Flek, 74), Hamer, Vinisius (Norvud, 86), Makati, Archer, Osula (Traore, 75).

“Liverpul”: Kellexer, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Gomes, Endo, Soboslai, Mak Allister (Djons, 59), Saloh (Elliott, 67), Dias (Nunyes, 67), Gakpo (Gravenberx, 86).

Ogohlantirishlar: Endo (34), Konate (62), Nunyes (84), Norvud (90), Bogl (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »