Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 3-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Shaharliklar” tarkibida Fil Foden va Jek Grilish bittadan gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Son Hyon Min hisobiga avtogol sifatida yozildi. “Shporlar” safida yana o‘sha Son Hyon Min darvozani ishg‘ol qildi, yana 2 ta gol Jovanni lo Chelso va Deyan Kulusevski tomonidan kiritildi. 

“Chelsi” “Brayton”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 17-daqiqasida “aristokratlar” futbolchisi Enso Fernandes gol urdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Levi Koulell hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Fakundo Buonanotte hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 45-daqiqada “Chelsi” futbolchisi Konor Gallaher qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda londonliklar bir kishi kam bo‘lib o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda “Brayton” ustunlik qila boshladi. Biroq “Chelsi” yana bir gol udi. 65-daqiqada Enso penaltini aniq amalga oshirib, dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuv so‘ngida Joau Pedro tomonidan urilgan gol “Brayton” uchun yetarli bo‘lmadi. Yakuniy hisob 3:2 — “Chelsi” foydasiga.

“Liverpul” va “Fulhem” o‘rtasidagi bahsda 7 ta gol urildi. Yakunda mersisaydliklar g‘alaba qozongan bahsda “qizillar” tarkibida Bernd Leno (avtogol), Aleksis Makallister, Vataru Endo va Trent Aleksander-Arnold gol urdi. “Fulhem” safida Harri Uilson, Kenny Tete va Bobbi Dekordova-Rid darvozani ishg‘ol etdi. 


APL

14-tur

3-dekabr, yakshanba

“Manchester Siti” — “Tottenhem” 3:3

Gollar: 0:1 – 6 Son Hyon Min, 1:1 – 9 Son Hyon Min (avtogol), 2:1 – 31 Foden, 2:2 – 69 Lo Chelso, 3:2 – 81 Grilish, 3:3 — 90 Kulusevski.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Gvardiol, Akandji, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Lyuis, 73), Doku (Grilish, 52), Holand, Alvares.

“Tottenhem”: Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udoji, Lo Chelso (Skipp, 79), Bissuma, Kulusevski, Son Hyon Min, Xil (Hyoyberg, 46), Jonson.

Ogohlantirishlar: Rodri (34), Udoji (38), Grilish (61), Porro (74), Gvardiol (84).

“Chelsi” — “Brayton” 3:2

Gollar: 1:0 – 17 Fernandes, 2:0 – 21 Koluill, 2:1 – 43 Buonanotte, 3:1 – 65 Fernandes (penalti), 3:2 – 90 Joau Pedro.

“Chelsi”: Sanches, Disasi, Tiago Silva, Badyashil, Koluill, Gallaher, Mudrik (Broya, 81), Fernandes, Kaysedo, Sterling (Palmer, 66), Jekson (Matsen, 72).

“Brayton”: Stil, Veltman, Igor Julio (Beyker-Boaytey, 84), van Hekke, Xinshelvud (Milner, 57), Lallana (Joau Pedro, 57), Gilmor, Buonanotte (Mitoma, 57), Baleba (Gross, 57), Adengra, Fergyuson.

Ogohlantirishlar: Gallaher (31), Xinshelvud (45), Badyashil (52), Igor Julio (58), Fernandes (59), Gross (64), Milner (64), Sanches (88), Joau Pedro (90).

Chetlatish: Gallaher (45).

“Liverpul” — “Fulhem” 4:3

Gollar: 1:0 – 20 Leno (avtogol), 1:1 – 24 Uilson, 2:1 – 38 Mak Allister, 2:2 – 45 Tete, 2:3 – 80 Dekordova-Rid, 3:3 – 87 Endo, 4:3 – 88 Aleksander-Arnold.

“Liverpul”: Kelleher, Aleksander-Arnold, Matip (Konate, 69), van Deyk, Simikas, Soboslai (Gakpo, 64), Mak Allister (Gomes, 65), Gravenberx (Endo, 83), Saloh, Dias, Nunyes.

“Fulhem”: Leno, Tete (Kastan, 75), Rim, Bassi, Robinson, Rid (Vinisius, 90), Uilson (Kerni, 62), Pereyra (Villian, 62), Palinya, Ivobi (Dekordova-Rid, 75), Ximenes.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »