Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino aktyorlar ham oilalari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlaydi. Ushbu maqolada biz turli sabablarga ko‘ra ekranlardan g‘oyib bo‘lgan, ammo keyin kinoga muvaffaqiyat bilan qaytgan iste’dodli aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

Jeyn Fonda

 
 
Foto: AdMe

“Stenli va Ayris” filmida rol o‘ynagach, aktrisa deyarli 15 yil davomida ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. Keyin u turmushga chiqdi va oilaviy tashvishlarga o‘ralashib qoldi. Ammo 2001-yilda Fonda eri bilan ajrashdi va yana kinoga qaytdi.

Uzoq tanaffusdan keyin uning birinchi katta roli “O‘jar qaynona” filmida bo‘lgan. Aktrisa bugungi kunda ham rol o‘ynashda davom etmoqda. 2023-yil may oyida Fonda ishtirokida “Kitobxonlar klubi” filmining davomi — “Kitobxonlar klubi: Yangi bo‘lim” chiqdi.

Lindsi Lohan

Foto: AdMe

Lindsi 2000-yillarning kult komediyalarida bir nechta rollarni o‘ynagan: “Ota-onalar uchun tuzoq”, “Qo‘rqinchli juma”, “Yaramas qizlar” va boshqalar. Keyin Lohanning karyerasi ko‘p yuksalishlar va pasayishlarga duch keldi. 2013-yilda “Kanyonlar” filmida bosh rolni o‘ynagan aktrisa o‘z faoliyatini kichik qahramonlar rolida davom ettirdi. Ammo 2022-yilda Lindsiga omad kulib boqdi: u “Unutilmas Rojdestvo” filmida bosh rolni o‘ynadi.

Hyu Grant

Foto: AdMe

Ilgari Hyu Grant ko‘pincha romantik komediyalarda rol o‘ynagan. Biroq “Morganlar qochmoqda” filmida o‘ynagan aktyor bunday filmlardan charchaganini aytadi.

7 yil davomida Hyu faqat kichik rollarda paydo bo‘ldi. 2016-yilda u “Prima Donna” filmida o‘ynab, yana yetakchilik qila boshladi. Hozirda Grant faol suratga tushishda davom etmoqda. 2023-yilda uning ishtirokida ikkita film chiqdi: “Fortuna operatsiyasi: G‘alaba san’ati” hamda “Yengilmas jamoa va ajdar”. Bundan tashqari, aktyor “Villi Vonka” filmida ham suratga tushdi.

Kameron Dias

Foto: AdMe

9 yil oldin aktrisa kinoni tashlagandi. Diasning so‘nggi filmi “Enni” 2014-yilda chiqqan. Shundan so‘ng Kemeron turmush qurdi va farzandli bo‘ldi. 2023-yilda esa  aktrisa tug‘uruq ta’tilidan keyin kinoga qaytishga qaror qildi. Fevral oyida uni “Yana ishga qaytish” filmining suratga olish maydonchasida ko‘rishgan.

Bleyk Layvli

Foto: AdMe

“Ritm bo‘limi” Layvlining so‘nggi filmi 2020-yilda ekranlarga chiqqan. Shundan so‘ng Bleyk filmlarda rol o‘ynamadi. Bu vaqt ichida u 4-farzandini dunyoga keltirdi va endi kinoga qaytmoqda. Layvli muxlislarini bosh rolni o‘ynagan ikkita loyiha bilan xursand qiladi: “Oddiy iltimos” filmining davomi va “Hammasi bizda tugaydi” filmi.

Makoley Kalkin

Foto: AdMe

1990-yillarda Makoley Kalkin eng mashhur bolalar aktyori edi. Ammo u ulg‘aygach, yulduzlik maqomini saqlab qola olmadi va uzoq vaqt ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. 2012-yilda Makoley The Pizza Underground rok guruhiga asos solgan, ammo 2018-yilda ular tarqab ketgan. Hozirda Kalkin yana jamoatchilik e‘tiborini qozonmoqda. 2019-yilda u “Qo‘g‘irchoq” serialida rol o‘ynadi va “Amerikancha dahshatli hikoyalar”ning yangi mavsumida suratga tushishni boshladi.

Mayvenn

Foto: AdMe

Kino ixlosmandlari Mayvenni “Beshinchi element” filmidagi Diva Plavalaguna rolida yaxshi bilishadi. U 26 yil oldin afsonaviy rolni o‘ynagan va shundan keyin u asosan fransuz filmlarida ishtirok etgan, bu esa keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan.

Ammo yaqinda Mayvenn tomoshabinlarni yangi yuqori darajadagi roli bilan xursand qildi. 2023-yil may oyida “Janna Dyubarri” filmining jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi, unda aktrisa bosh qahramon — qirol Lyudovik XV ning ma’shuqasi rolini o‘ynadi va filmga rejissorlik qildi.

Jonni Depp

Foto: AdMe

Ilgari Jonni Depp har yili, ba’zan esa ketma-ket bir nechta filmlarda suratga tushgan. Biroq  “Buyuk” filmidagi rolidan so‘ng aktyor “Janna Dyubarri” (2023) filmining rejissori Mayvenn uni o‘z filmida bosh rolni o‘ynashga taklif qilmaguncha, bir muncha vaqt ekranlarda ko‘rinmadi. Mazkur filmda Jonni mashhur fransuz qiroli Lyudovik XV rolini ijro etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »