Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden kortejidagi mashinaga noma’lum shaxs boshqaruvidagi mashina kelib urildi, davlat rahbari va birinchi xonim Jill Bayden jabrlanmagan, deb xabar bermoqda Reuters guvohlarga tayanib.

Foto: Reuters

AP agentligiga ko‘ra, Bayden Delaverdagi saylovoldi tadbiridan chiqib ketayotganida kumushrang sedan kortejdagi zirhli Maxfiy xizmat mashinasiga kelib urilgan. Shundan so‘ng sedan yopiq chorrahaga qochishga uringan, biroq Maxfiy xizmat xodimlari tezda uni o‘rab olgan va haydovchiga qarata qurol o‘qtalib, uni hibsga olgan.

Baydenni rafiqasi o‘tirgan mashinaga olib borishgan, so‘ng ularni yashash joyiga kuzatib qo‘yishgan. AP taʼkidlaganidek, voqea davlat rahbarining ish jadvaliga taʼsir qilmagan.

Ma’lumot uchun, AQSH prezidenti korteji har safar 100 dan ortiq odamni tashiydigan 50 ga yaqin turli transport vositalaridan iborat. Kortej markazida Cadillac 1 yoki The Beast nomi bilan mashhur prezident limuzini yuradi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, The Beast og‘ir pikapning kuchaytirlgan shassisiga asoslangan va limuzinning og‘irligi 9 tonnaga yetishi mumkin.

The Beast kortejdagi yagona shunday mashina emas. Uning atrofida bir xil davlat raqamiga ega limuzin-klon yuradi, shuning uchun suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotganlar prezident qaysi mashinada ketayotganini aniqlay olmaydi. Limuzinlar Chevrolet Suburban bazasidagi beshta og‘ir zirhli yo‘ltanlamaslar bilan o‘ralgan bo‘lib, ularda turli maxsus qurilmalarga ega Amerika razvedka idoralari vakillari yuradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »