Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda mamlakatda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, kelgusi yil oktyabrda Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona bo‘lgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi. Bu nafaqat salqin ichimliklar, balki kosmetika, maishiy kimyo, oziq-ovqat yo‘nalishidagi brendlar uchun tayyor xomashyo bazasi.
 
Shu munosabat bilan o‘nlab nufuzli brendlar bilan ishlab, ularni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi. Umuman, brendlarni jalb qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi:

  • nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari qoplab beriladi;
  • mashhur brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mahalliylashtirishni kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan ular uchun zarur bo‘lgan barcha xomashyolar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
  • mahsulotini kamida 30 foizini brend ostida ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyoz va yengilliklar beriladi;
  • yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O‘zbekistonda ishlaganlik uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »