Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatga sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun mehmonxona va mehmon uylarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu borada Parkentdagi “Kumushkon”, “Hisarak”, “So‘qoq”, “Boshqizilsoy”, “Changi”, “Zarkent”, “Boyqozon” mahallalarida turizm maskani tashkil etiladi. Xonobod shahri, Boysun, Baxmal, Forish, Angren va Ohangaronda ham turizm maskanlari master rejasini tayyorlash topshirildi.

Omonxona, Maydanak kabi turistik obyektlar infratuzilmasini yaxshilashga 30 million dollar yo‘naltirish, turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llar infratuzilmasiga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratish qaror qilindi.

Yo‘llarni ta’mirlash bilan birga, ular atrofida kompleks xizmatlarni rivojlantirishda yangicha yondashuv bo‘ladi. Turizm obyektiga olib boradigan qaysi yo‘l ta’mirlanayotgan bo‘lsa, o‘sha yo‘l bo‘yida savdo va servis shoxobchalarini joylashtirish bo‘yicha master rejalari ishlab chiqiladi va tadbirkorlarga beriladi, aholi va turistlar uchun qulay marshrutlar ishlab chiqilib, jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi, xostel va mehmon uylari tashkil qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »