Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonga 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yo‘nalish ochiladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, transport xizmatlarining yarmi avtotransportga to‘g‘ri keladi. Bu yil 1,5 mingga yaqin avtobus olib kelingan bo‘lsa-da, o‘sish 5,5 foizdan oshmagan. Transport vazirligiga yana kamida 1 ming 200 ta avtobus sotib olib, yo‘nalishlarga chiqarish topshirildi. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari 2 barobar oshiriladi.

Aviaxizmatlar bozorida ham raqobat paydo bo‘ldi, 6 ta xususiy kompaniya ish boshladi. Yil boshidan 25 ta yangi samolyot olib kelindi, 17 ta yo‘nalish ochildi. Shunga qaramasdan, sohadagi xizmatlar hajmi 7,7 foiz o‘sgan, xolos. Transport vazirligi oldiga kelgusi yilda aviatashuvlar hajmini 20 foizga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bog‘lovchi har kuni kamida 2 tadan reys qo‘yiladi, viloyat markazlarini o‘zaro bog‘lovchi haftasiga kamida 1 tadan reys amalga oshiriladi, kamida 7 ta samolyot olib kelinib, yana 3 ta xalqaro yo‘nalish ochiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »