Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kimyo sanoatida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun zarur bazaviy xomashyoning deyarli barchasi mamlakatda mavjudligi, ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish zarurligi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, kimyo sohasida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilgani ma’lum qilindi. Davlat rahbari elektrotexnika sanoatida mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish masalalariga to‘xtaldi. 

Kelgusi yilda tarmoqda 2 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish uchun imkoniyat ham, mahsulotlar uchun katta bozor ham borligi ta’kidlandi. Masalan, Saudiya Arabistonining AKWA Power kompaniyasi bilan 5 gigavattli quyosh va shamol stansiyalarini qurish bo‘yicha boshlangan loyihalar uchun kabel kerak bo‘ladi. Umuman, hozirda boshlangan 27 gigavatt quvvatli quyosh va shamol stansiyalari loyihalari doirasida 500 million dollarlik kabelga ehtiyoj bor.

Shu munosabat bilan kelgusida Ohangaron sanoat zonasida 120 million dollarlik 5 ta loyihani ishga tushirib, 25 ming tonna misdan kabel va 1,5 mingta transformator ishlab chiqarish, Buxoro shahrida 120 million dollarlik texnoparkni ishga tushirib, 25 million dollarlik maishiy texnikalarni mahalliylashtirish rejalashtirilgani aytildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »