Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasining (GRU) sobiq mayori va “Vagner”ning katta instruktori Niderlandiya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. U 2014-yildan boshlab Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy jinoyatlari” bo‘yicha sudda guvohlik berishga tayyor. Bu haqda “Glavred” xabar berdi.

Kollaj: “Glavred”

Sobiq GRU zobiti Niderlandiyadan siyosiy boshpana va xalqaro himoya so‘ragan, u Xalqaro jinoiy sud oldida chiqish qilish niyatida.

“Kreml ‘xalqning ozodlik harakati’ niqobi ostida ko‘proq qurbonlar va harbiy harakatlarni buyurdi”, — deydi rossiyalik mayor.

Shu bilan birga, u Ukrainaga qarshi agressiyada ishtirok etganlik uchun javob berishga va general-mayor Sergey Svidga, 2014–2015-yillarda Ukraina hududida maxsus operatsiyalarni nazorat qilgan “FSB” va Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali zobitlariga qarshi guvohlik berishga tayyor.

“Men xalqaro tergov va sudga o‘zimga ma’lum bo‘lgan korrupsiya, harbiy agressiya hamda jinoyatlar faktlarini aytib bermoqchiman va Putinning 2014-yilda Ukrainaga bostirib kirish bo‘yicha noqonuniy sxemalarini oshkor qilmoqchiman”, — deydi nomi oshkor etilmagan GRU sobiq mayori.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »