Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangi yilda “Uyda yolg‘iz” filmini tomosha qilish o‘zgarmas an’anadir. Ammo bu film ham ko‘pchilik uchun zerikarli bo‘la boshladi. Bugun Yangi yil atmosferasiga ega ingliz va amerikancha filmlarning yangi tanlovini taklif etamiz. Ular nafaqat bayramona kayfiyatni his qilishingizga yordam beradi, balki ularni originalda yoki subtitrlar bilan tomosha qilsangiz, ingliz tilini o‘rganishingiz ham yaxshilanadi.

“Elf”, 2003-yil

Film Baddi ismli elf haqida hikoya qiladi, u Shimoliy qutbda elflar tomonidan tarbiyalangan. U boshqa elflarga o‘xshamasligi ayon bo‘lgach, haqiqiy otasini topish uchun Nyu-Yorkka boradi. Baddi bolalarcha soddalik va beg‘uborlikka to‘la. U katta shahar hayotiga moslashishga harakat qiladi, otasi esa Rojdestvo mo‘jizalariga ishonmaydi.

“Rojdestvo yilnomalari”, 2018-yil

Film qayg‘uli voqea bilan boshlanadi — Pirslar oilasining o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlaydigan otasi vafot etadi. Bu uyda Rojdestvo har doim asosiy bayram bo‘lib kelgan, ammo fojiadan keyin bolalar bayramni nishonlashni xohlamaydi. Biroq kutilmagan vaziyat yuz berdi — ular bayramni saqlab qolishi kerak. Chunki chana singan, bug‘ular shahar bo‘ylab yugurib yuribdi, yetkazib berish kerak bo‘lgan sovg‘alar bor. Haqiqiy oilaviy qadriyatlar va hayotda har doim mo‘jizalar va ertaklar uchun joy borligi haqida ajoyib oilaviy film.

“34-ko‘chadagi mo‘jiza”, 1994-yil (1947-yilgi film remeyki)

​Butun oila tomosha qilishi uchun ajoyib ertak-film. Bosh qahramon Syuzanning onasi reklama bo‘limida ishlaydi, bolalarni Santa Klaus bilan tanishtirish uchun mas’ul, ammo qiziga uning yo‘qligini anchadan beri aytadi. Ammo tasodifan u haqiqiy Qorboboni ishga oladi.

“Sen uxlayotganingda”, 1995-yil

Shahar elektrichkasining xodimi Lyusi Moderats vokzalda o‘g‘rilar tomonidan tunab ketilgan kelishgan yigitni poyezd ostidan qutqarib qoladi. Yigitning oilasi esa Lyusini uning qallig‘i deb o‘ylaydi. Komada bo‘lgan yigitning ukasi Lyusining oddiy va samimiyligi uchun sevib qoladi. To‘g‘ri tanlov, halollik haqidagi ta‘sirchan, romantik film.

“Grinch”, 2018-yil

Rojdestvoni hamma ham yaxshi ko‘rmaydi. Tog‘larda yashaydigan Grinch o‘yin-kulgi, quvonch, sovg‘alar va umuman olganda, bayramoldi shov-shuvlardan nafratlanadi. Shuning uchun u bu bayramni odamlardan o‘g‘irlaydi.

“Santa Klaus”, 1994-yil

Tim Allen bosh qahramon sifatida ko‘rinish bergan komediyada, Shimoliy qutbga borib qolgan oddiy o‘yinchoq sotuvchisi Santa-Klausning o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keladi. Qahramon nafaqat yangi obrazga ko‘nikishi, balki bayramni ham saqlab qolishi kerak bo‘ladi. Uchta qismdan iborat film bayram shukuhini baxsh etishiga shubha yo‘q.

“Ikki kishilik Rojdestvo”, 2019-yil

Ko‘rinishidan, film oddiy syujetga ega, ammo oxiri sizni hayratda qoldiradi. Qiziqarli burilish, klishe bo‘lmagan hikoya va butun film sevgi hikoyasi haqida emas. Kulgili va qiziqarli vaziyatlar — mazkur film, albatta, bayram oldidan ajoyib kayfiyat bag‘ishlashga qodir.

“Ko‘ngil rishtasi”, 2001-yil

Ikki yosh uchrashib, bir-birlarini juda yaxshi ko‘rishlariga qaramay, taqdirlarini tasodifga topshirishga qaror qilishadi. Filmda ko‘rsatilgan voqealar silsilasi goh g‘amgin qiladi, goh kuldiradi. Befarq qolish, albatta, qiyin. Bu romantik film go‘zal musiqa va o‘ziga xos syujetga ega bo‘lib, ajoyib kayfiyat bag‘ishlashi aniq.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »