Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islandiya janubi-g‘arbida, poytaxt Reykyavik yaqinidagi Reykyanes yarimorolida 19-dekabrga o‘tar kechasi vulqon otilishi boshlandi, deb xabar bermoqda G‘arb OAV.

Foto: EPA

Vulqon mahalliy vaqt bilan 18-dekabr kuni soat 22:17 da (Toshkent vaqti bilan 03:17) bir qator kuchsiz zilzilalardan so‘ng “uyg‘ongan”. Hukumat tabiiy hodisaning ko‘lamini aniqlash uchun voqea joyiga vertolyot jo‘natdi.

Mutaxassislar noyabr oyida Islandiyada seysmik faollik kuchayganini qayd etganidan beri, mamlakatda vulqon otilishi xavfi yuqori bo‘lib turibdi. 11-noyabr kuni rasmiylar poytaxtdan 40 kilometr janubda joylashgan Grindavik shahrining to‘rt ming aholisini evakuatsiya qilgandi.

Islandiyada 33 ta faol vulqon mavjud bo‘lib, bu Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq.

Reykyanes yarimorolida VIII asrdan 2021-yilgacha vulqon otilishi kuzatilmagan. So‘ng ular uzoq aholi punktlarida qayta paydo bo‘lishni boshladi. Vulkanologlarning fikricha, bu jarayon mintaqadagi vulqon faolligining yangi davri boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »