Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston 2023-yilning noyabr oyida Afg‘onistonga 1,9 million dollarlik elektr energiyasi eksport qildi. Bu haqda mamlakat statistika boshqarmasiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Foto: Asia-Plus


Ma’lum qilinishicha, eksport hajmi o‘tgan oyga nisbatan 46 foizga ko‘pdir. Umuman olganda, 2023-yil boshidan buyon Tojikiston xorijga 107,7 million dollarga elektr energiyasi yetkazib bergan, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 foizga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston 2023-yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha faqat ikki davlat — Afg‘oniston va O‘zbekiston bilan shartnomalar tuzgan.

“Barki Tojik” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonga elektr energiyasi faqat yozda eksport qilinishini, Afg‘onistonga yetkazib berish kuz-qish mavsumida, biroq “faqat infratuzilmani saqlab qolish uchun” kichik hajmlarda davom etishini bildirgan edi. Chunki yilning sovuq davrida respublikaning o‘zida ham elektr energiyasi keskin tanqisligi kuzatilmoqda.

O‘z navbatida, sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunligidan boshlab Tojikiston qishloqlari aholisi elektr energiyasini juda cheklangan miqdorda — kuniga 5-6 soatdan olgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi davomida respublikada qariyb 19,9 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga ko‘pdir. Joriy yilda elektr energiyasining 95 foizdan ortig‘i gidroelektrostansiyalarda, qolgan qismi esa issiqlik va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »