Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi Turkmanistonning Hirot viloyatida “Nur-ul-Jehad” loyihasini amalga oshirishdagi ishtiroki to‘g‘risida protokol imzolanganini xabar qildi.

Turkmanistonning xalqaro energetika loyihalari direktori Murod Ortiqov Kobulda DABS rahbariyati bilan besh kunlik muzokaralar olib bordi. 

“Kerakli jihozlar taqdim etish, ish jarayonini tezlashtirish masalalari muhokama qilindi”.

Ushbu loyiha Nur-ul-Jehad podstansiyasining quvvatini 110 kilovoltdan 220 kilovoltgacha oshirishni nazarda tutadi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, o‘tgan yillarda Ashxobod o‘z mablag‘lari hisobidan Imomnazar-Andxoy, Serxetobod-Hirot va Rabatkashon-Kalaynau hamda Mozori Sharif shahri yo‘nalishida Turkmaniston-Afg‘oniston elektr tarmoqlarini qurgan.

Bu yo‘nalishlarning barchasi Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston (TAP) elektr uzatish liniyasi loyihasi konsepsiyasiga mos keladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, tranzit xizmatlari Afg‘oniston g‘aznasiga har yili 100 million dollardan ko‘proq daromad keltirishi mumkin.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »