Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida o‘tkazilayitgan tadbirlar davomida turli jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi. Ushbu shaxslar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan: 

  • 1988-yilda tug‘ilgan Otabek Islamov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik; 168-moddasi firibgarlik);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Azamat Salimbekov ( Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Shuhrat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik, 168-modda firibgarlik);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Shavkat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
  • 1977-yilda tug‘ilgan Marat Urazov (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi, ko‘p miqdorda firibgarlik);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Abduqodir Isaxunov (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik, 168-moddasi firibgarlik).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda. IIBB ulardan jabr ko‘rganlar boshqarmaga xabar berishini so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »