Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Kupyansk, Limansk va Baxmut yo‘nalishida hujumga qilishda davom etmoqda, dedi Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari boshlig‘i, frontning sharqiy sektoridagi qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy.

Foto: UKQ Bosh shtabi

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududlarda “vaziyat og‘ir”.

“Biz dushmanning qurol-yarog‘ va son jihatdan shaxsiy tarkibi ustunligi sharoitida kurashishga majburmiz”, — dedi u.

Shu bilan birga, Sirskiy “har uchala yo‘nalishda ham Ukraina qo‘shinlari mudofaani ushlab, dushmanni yo‘q qilayotganini” ta’kidladi.

Front sharqiy qismi qo‘mondonining so‘zlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda, ular sobiq mahbuslardan tuzilgan hujum batalyonlari zaxiralari hisobidan to‘ldirilmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari asosan, “jangovar harakatlarni rejalashtirish, artilleriya, minomyotlar, hujumchi dronlar va o‘qotar qurollardan samarali foydalanish orqali” muvaffaqiyatga erishishga urinmoqda. Ukraina harbiylari uchun operatsiyalarni rejalashtirishda yo‘qotishlarni minimallashtirish har doim ustuvor ahamiyatga ega, deb ta’kidladi Sirskiy.

Aleksandr Sirskiyning 10-dekabr kungi xabarida odamlar va texnikalaridagi katta yo‘qotishlarga qaramay, rus qo‘shinlari butun sharqiy front bo‘ylab oldinga siljiyotganini aytgandi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining 19-dekabrdagi tonggi hisobotida bir sutkada yuz bergan 105 ta to‘qnashuv haqida so‘z boradi.

Rossiya qo‘shinlari hujumni kuchaytirishga urinayotgani haqidagi xabarlar Ukrainaga Amerika harbiy yordamining navbatdagi paketi muhokama qilinayotgan paytda yangramoqda: Kongress Kiyevga ajratiladigan mablag‘larni haligacha tasdiqlay olmayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »