Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi yo‘qotishlari o‘ldirilgan va yarador qilingan 315 ming harbiy xizmatchini tashkil etadi, bu urush boshida Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibida bo‘lgan xodimlarning 87 foiziga teng, deb xabar berdi Reuters va CNN Amerika razvedkasining maxfiy hisobotiga tayanib.

Foto: “Fokus”

Razvedka ma’lumotlari bilan tanish manbalarning ta’kidlashicha, Kremlning shaxsiy tarkib va zirhli texnikalardagi yo‘qotishlari Rossiya harbiy modernizatsiyasini 18 yilga orqaga surgan.

Amerika razvedkasida aytilishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi bosqinni 2022-yilning fevralida 360 ming askar bilan boshlagan. Rossiya armiyasida 3 500 ta tank bo‘lgan, shundan 2 200 tasi yo‘qotildi. Bundan tashqari, 13 600 ta piyodalar jangovar mashinasi va bronetransportyordan 4 400 tasi yo‘qotildi, bu esa 32 foiz yo‘qotish ko‘rsatkichini bildiradi, deyiladi razvedka hisobotida.

12-dekabr kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashi razvedka maʼlumotlariga tayanib, 2023-yilning oktyabr-noyabr oylarida Rossiya armiyasi frontning eng qaynoq qismi — Avdeyevkaga hujum chog‘ida 13 ming nafar harbiy xizmatchisidan hamda 220 dan ortiq zirhli texnikasidan ayrilgani haqida xabar bergandi.

Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, G‘arbning urushda halok bo‘lgan ruslar soni bo‘yicha hisob-kitoblari juda bo‘rttirilgan, Ukrainaning “katta” yo‘qotishlari esa doim kam baholanadi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »