Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya moliya vaziri Shunichi Suzuki mamlakat hukumati Ukrainaga 4,5 milliard dollar (taxminan 650 milliard iyena) miqdorida qo‘shimcha moliyaviy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u G7 mamlakatlari markaziy banklari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi Yaponiyaning Kyodo agentligi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 7-dekabr kuni G7 onlayn sammitida Ukrainaga mamlakatni tiklanishida yordam berish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish rejalari haqida gapirgandi. 15-dekabr kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi vakili Shimasa Xayashi AQSHdan ko‘rsatilayotgan yordam hajmi kamaygan taqdirda, Kiyevga yordam ko‘rsatish imkoniyati haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Foto: Reuters

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal noyabr oyida mamlakat hukumati davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun ittifoqchi davlatlardan 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ olishga umid qilayotganini aytgan edi.

AQSH prezidenti Jo Bayden oktyabr oyida Ukraina uchun 61,4 milliard dollar va Isroil uchun 14,3 milliard dollar ajratish bo‘yicha Kongressga so‘rov yuborgan. Biroq moliyalashtirish loyihasi haligacha kelishib olinmagan. 15-dekabr kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Kiyevga 50 milliard yevro ajratish haqidagi qaroriga veto qo‘ygandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »